Sankt-Peterburg Özbekistonda rus tili sinfxonalarini oçadi
11-09-2025, 17:27
223 марта

Sankt-Peterburg Özbekistonda rus tili sinfxonalarini oçadi
Rossiyaning Sankt-Peterburg şahri Özbekistonda rus tilini öqitiş uçun maxsus sinfxonalar oçişga kömaklaşadi. Bu böyiça joriy yilning 9 sentyabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg şahri gubernatori Aleksandr Beglovning Özbekistonga rasmiy taşrifi çoğida kelişuvga erişildi.Qayd etilişiça, Beglov taşrif doirasida Toşkent va Özbekiston mitropoliti Vikentiy bilan gumanitar sohadagi hamkorlikni muhokama qilgan.
“Toşkent yeparxiyasi tarixi Sankt-Peterburg bilan boğliq. Uning birinçi boş ruhoniysi muhtaram Sofoniya bölgan. Uning xizmat yillari bizning şahrimiz bilan çambarças boğliq. Pravoslav ruhoniylari Markaziy Osiyo tarixida çuqur iz qoldirgan. Bizning ruhoniylarimiz va islom ulamolari say-harakatlari bilan nasroniylar va musulmonlar örtasida yaxşi munosabatlar yölga qöyilgan”, deydi Beglov.
Uçraşuv davomida tomonlar yeparxiya bilan hamkorlikda Özbekistonda rus tilini örgatiş uçun sinfxonalarni taşkil etişga kelişib olgan. Peterburg ularga öquv materiallarini taqdim etişga tayyorligini bildirgan. Bundan taşqari, şahar qöşma marifiy loyihalarni amalga oşirişda yordam körsatişga tayyor ekanini malum qilgan. Jumladan, Peterburgdan va Özbekiston şaharlaridan iştirokçilar uçun pravoslav madaniyati asoslarini örgatiş uçun yozgi lagerlarni taşkil etiş taklif qilingan.