Rossiyada öyinçoq töpponça bilan raqsga tuşgan özbekistonlik 5 oyga qamaldi
3-07-2025, 21:38
314 марта

Rossiyada öyinçoq töpponça bilan raqsga tuşgan özbekistonlik 5 oyga qamaldi
Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida özbekistonlik migrant J.S. öyinçoq töpponça bilan raqsga tuşgani uçun beş oy ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.Malum qilinişiça, Smolninskiy tuman sudi uning harakatlarini Jinoyat kodeksining 213-moddasi 1-qismi “a” bandi yani bezorilik böyiça malakalab, umumiy tartibdagi koloniyada 5 oy qamoq jazosini tayinlagan. Sud tergov davomida yigitning vaqtinça hibsda uşlanganini inobatga olib, bu muddatni jazo muddati sifatida hisobga olgan.
Yigit uşbu harakatlarni joriy yilning mart oyida amalga oşirgan. Rossiya Içki işlar vazirligining hududiy boşqarmasi Sankt-Peterburg markazida joylaşgan “Galereya” savdo markazi yaqinida yoşlar guruhida raqsga tuşgan va qölida öyinçoq töpponça körsatgan 19 yoşli Özbekiston fuqarosini öşa paytda hibsga olgan edi.
Sud qarorida qayd etilişiça, fuqaro ataylab öyinçoq qurolni körsatib, atrofdagilarga ruhiy bosim ötkazgan va jamoat tartibini qöpol ravişda buzgan. U öz aybini tan olib, qilgan işidan puşaymonligini bildirgan.