Ukrainaning “sevimli” nişoni: Wildberries yana hujumga uçradi
Bugun, 5 avgust kuni Ukraina Rossiyaning Tula viloyatidagi Wildberries kompaniyasining logistika markaziga hujum qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilişiça, hujum oqibatida logistika markazida yonğin yuzaga kelgan. Tula viloyati gubernatori Dmitriy Milyayevning Telegram’da malum qilişiça, hujum oqibatida bir kişi jarohatlangan.
Sönggi vaqtlarda dron hujumlarida öndan ortiq obekti zarar körgan Wildberries kompaniyasi ham hujumni tasdiqlagan. Kompaniya hodisa yuz bergan logistika markazidan xodimlarni evakuatsiya qilgani va yetkazib beriş jarayonlarini boşqa yönalişlarga ötkazganini malum qilgan.
Milyayevning bildirişiça, hujum oqibatida Novomoskovsk şahridagi hamda Uzlovaya tumanidagi ikkita sanoat obekti, şuningdek, Tula viloyatining boşqa hududidagi ikkita köp qavatli turar joy binolari ham şikastlangan.
Eslatib ötamiz, Rossiya qöşinlari bugun, 5 avgustga ötar keçasi Ukraina poytaxti Kiyev va Kiyev viloyatiga ballistik raketalar hamda dronlar bilan hujum uyuştirgan edi. Hujum oqibatida kamida 15 kişi halok bölgan, 50 ga yaqin odam yaralangan.