USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ukraina bu safar Boşqirdistondagi Wildberries omborini nişonga oldi

77 марта
Украина бу сафар Бошқирдистондаги Wildberries омборини нишонга олди

Ukrainaning bugun, 13 avgustga ötar keçasi Rossiyaning Boşqirdiston Respublikasiga uyuştirgan dron hujumlari oqibatida Salavat şahridagi “Gazprom neftexim Salavat” neftni qayta işlaş zavodi hamda Çişmi tumanidagi Wildberries logistika majmuasida yonğin yuzaga keldi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Boşqirdiston Respublikasi rahbari Radiy Xabirovning malum qilişiça, dronlardan birining qoldiqlari Salavat şahridagi sanoat zonasiga qulagan va oqibatda uşbu hududda yonğin çiqqan.

Mahalliy manbalar yonğin “Gazprom neftexim Salavat” hududida yuzaga kelganini bildirgan. Şuningdek, Wildberries kompaniyasining Çişmi tumanidagi logistika majmuasida ham yonğin çiqqan. Kompaniyaning özi esa Boşqirdistondagi obektlaridan birida havo hujumi oqibatida yonğin yuzaga kelganini tasdiqlagan.

“Boşqirdistonda havo hujumi oqibatida kompaniyamiz obektlaridan biri joylaşgan sanoat hududida yonğin yuzaga keldi. Hodisa joyida öt öçiriş brigadalari işlamoqda”, deyiladi kompaniya bayonotida.

Kompaniya malumotiga köra, uşbu obektda tovarlar saqlanmaydi. Şuningdek, xavfsizlik talablariga muvofiq xodimlar oldindan evakuatsiya qilingan.

Hozirça hujumlarning aniq kölami va obektlarga yetkazilgan zarar miqdori böyiça töliq malumotlar yöq. Boşqirdiston rasmiylari esa hujum vaqtida ikki kişi jarohatlanganini malum qilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina dronlari Rossiyaning Voronej viloyatiga hujum qilgan edi. Zarba oqibatida 1 kişi halok bölib, yana 2 kişi jarohatlangan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: