AQŞning ikki ştatida favqulodda holat elon qilindi
Ikkinçi darajali “Isayyas” töfoni sababli AQŞning Florida va Alabama ştatlarida favqulodda holat elon qilindi. Bu haqda mamlakat Içki xavfsizlik vazirligi rahbari Markueyn Mallin X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida malum qildi.
“AQŞ Prezidenti Donald Tramp rahbarligida “Isayyas” töfoniga qarşi çoralar köriş uçun federal resurslarni ajratiş maqsadida Florida va Alabamada favqulodda holat elon qilinişi maqullandi”, deydi Mallin.
Bungaça AQŞ Dovullarni kuzatiş milliy markazi töfonning Floridada quruqlikka çiqqani haqida xabar bergan. Uning maksimal tezligi soatiga 169 kilometrga yetmoqda.

Şuningdek, AQŞ Dovullarni kuzatiş milliy markazi “Isayyas” töfoni yanada kuçayişi va 9 oktyabr kuni keçqurun yoki 10 oktyabr kuni AQŞning Meksika körfazi sohillariga çiqişi mumkinligi haqida xabar bergan.
Eslatib ötamiz, avvalroq “Narra” töfoni sabab Xitoyning janubiy hududlari va Vetnam şimolida kuçli yomğir yoğib, suv toşqinlari va köçkilar yuzaga kelgani haqida xabar berilgan edi. Xitoyda 54 mingga yaqin aholi xavfsiz hududlarga köçirildi va Vetnamda bir kişi halok bölgan.