USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston va Xitoy yetakçilari köp qirrali munosabatlarni yanada kengaytiriş masalalarini muhokama qildilar

211 марта
Özbekiston va Xitoy yetakçilari köp qirrali munosabatlarni yanada kengaytiriş masalalarini muhokama qildilar

17 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin muzokara ötkazdi.
Ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar körib çiqildi.
Davlat rahbarlari keyingi yillarda Özbekiston bilan Xitoy örtasidagi döstlik va barça şaroitlarda har tomonlama strategik şeriklik munosabatlari misli körilmagan yuksak darajaga kötarilganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Özbekiston Prezidentining 2024 yil yanvar oyida Xitoyga davlat taşrifi davomida erişilgan kelişuvlar izçil amalga oşirilmoqda.
Barça darajalarda aloqalar va almaşinuvlar sezilarli faollaşgani qayd etildi.
Taşqi işlar vazirlarining strategik muloqoti yölga qöyildi. Joriy yil iyun oyi boşida Samarqand şahrida ikkinçi Hududlar forumi muvaffaqiyatli ötkazildi.
Savdo-iqtisodiy va moliyaviy-investitsion hamkorlik jadal rivojlanmoqda. 2024 yilda tovar ayirboşlaş 14 milliard dollarga yetdi. Investitsiya loyihalari portfeli 60 milliard dollardan ziyodni taşkil etmoqda.
Mamlakatimiz hududlarida qöşma texnoparklar va maxsus industrial zonalar muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, "BYD" elektromobillarini işlab çiqariş kengaymoqda.
"Yaşil" energetika, neft-gaz, kimyo, farmatsevtika, metallurgiya, toğ-kon, töqimaçilik, oziq-ovqat va quriliş tarmoqlarida hamda logistika, “aqlli” qişloq xöjaligi, suniy intellekt va raqamlaştiriş sohalarida istiqbolli loyihalar işlab çiqilmoqda.
Xitoyning yetakçi moliya institutlari bilan özaro manfaatli hamkorlik yölga qöyilgan. "Ipak yöli" jamğarmasi bilan investitsiya platformasini kengaytiriş rejalaştirilgan. Xitoy Eksimbanki iştirokida poytaxtimizda Olimpiya şaharçasi qurilişi yakunlanmoqda. Toşkent şahrida uşbu bankning mintaqaviy filiali oçildi.
Kambağallikka qarşi kuraşiş sohasidagi hamkorlikni yanada çuqurlaştiriş masalalariga alohida etibor qaratildi.
Yetakçilar "Xitoy - Qirğiziston - Özbekiston" strategik temir yöli qurilişini jadallaştiriş muhimligini ham qayd etdilar.
Talim, fan, turizm va madaniyat, kadrlar tayyorlaş va xitoy tilini örganiş sohalaridagi almaşinuvlarni rivojlantirişdan manfaatdorlik bildirildi.
Özbekistonda Xitoyning Şimoli-ğarbiy qişloq xöjaligi va örmon xöjaligi universitetining filiali faoliyat körsatmoqda, Urganç universiteti negizida Pekin universiteti bilan hamkorlikda Xalqaro matematika markazi taşkil etilgan.
Ötgan yili Konfutsiy instituti faoliyatining 20 yilligi nişonlandi, Xitoyning "Lu Ban ustaxonasi" professional talim tizimi joriy etilmoqda.
Kelgusi yilda ikki mamlakatda madaniyat va sanat haftaliklarini ötkaziş rejalaştirilgan.
Uçraşuvda xalqaro kun tartibi yuzasidan ham fikr almaşildi. BMT, ŞHT, "Markaziy Osiyo - Xitoy" formati va boşqa köp tomonlama tuzilmalar doirasidagi muvofiqlaşuv va özaro qöllab-quvvatlaşni davom ettiriş muhimligi qayd etildi.
Yakunda yetakçilar huzurida Özbekistonning JSTga azo bölişi böyiça ikki tomonlama muzokaralar yakunlangani töğrisida bayonnoma imzolangani elon qilindi.



Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: