USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞda ilk bor yovvoyi hayvondan Yangi Dunyo vint qurti paraziti aniqlandi

77 марта
АҚШда илк бор ёввойи ҳайвондан Янги Дунё винт қурти паразити аниқланди

AQŞning Texas ştatida yovvoyi tabiatda Yangi Dunyo vint qurti deb ataladigan, tirik töqimalar bilan oziqlanadigan parazit aniqlandi. Bu mamlakatda mazkur parazit yovvoyi hayvonda qayd etilgan ilk holatdir. Bu haqda AQŞ Qişloq xöjaligi vazirligi malum qildi.

Qayd etilişiça, parazit Texas ştatining Pekos okrugidagi ovçilik fermasida yaşagan elkda aniqlangan. Hayvon ovçi tomonidan ovlanganidan keyin bu haqda tegişli idoralarga xabar berilgan.

Mazkur holat ortidan Texas hayvonlar salomatligi komissiyasi avval belgilangan zararlangan hudud çegaralarini özgartiradi. AQŞ Qişloq xöjaligi vazirligi hamda Texas boğlar va yovvoyi tabiat departamenti esa hududdagi yovvoyi hayvonlarni qöşimça tekşiruvdan ötkazmoqda.

Texas yovvoyi tabiat bölimi direktori Alan Keyn ovçilar va yer egalarini parazit alomatlariga etiborli bölişga çaqirgan.

“Joriy ov mavsumida dalada bölganingizda Yangi Dunyo vint qurti belgilarini kuzatib borişingizni söraymiz“, degan u.

Malumotlarga köra, Yangi Dunyo vint qurti AQŞ hududida bir neça ön yillar avval yöq qilingan edi. Biroq keyingi vaqtlarda parazit Markaziy Amerika orqali Meksikadan şimolga qarab tarqala boşlagan. Bu esa AQŞ hukumatini Meksikadan qoramol importini vaqtinça töxtatişga majbur qilgan.

AQŞ ötgan yili parazitning mamlakatga kirib kelişining oldini oliş maqsadida Meksikadan çorva mollari olib kirişni töxtatgan. Savdo joriy yil avgust oyida Arizona ştatidagi çegara punkti orqali bosqiçma-bosqiç qayta tiklangan. Importning töxtatilişi AQŞda qoramol taminotining qisqarişiga va mol göşti narxining rekord darajaga kötarilişiga olib kelgan.

Körilgan çoralarga qaramay, joriy yil iyun oyida Texas ştatining Meksika bilan çegaradoş Zavalya okrugida buzoqda ham parazit aniqlangan. Şundan söng AQŞda yana önlab zararlaniş holatlari qayd etilgan. Ular orasida ot va it ham bor.

Yangi Dunyo vint qurti paşşasining liçinkalari hayvonlarning tirik töqimalariga kirib, ular bilan oziqlanadi. Natijada hayvon tanasida çuqur yaralar paydo bölişi, oğir infektsiya rivojlanişi va öz vaqtida çora körilmasa, hayvon nobud bölişi mumkin.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: