Çorva hayvonlarida uçraydigan virusni yuqtirgan ilk inson vafot etdi
Frantsiyada asosan çorva hayvonlarida uçraydigan Şamonda virusini yuqtirgan ilk inson vafot etdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilişiça, marhum 60 yoşdan oşgan bölib, Lion şahri atrofida yaşagan. U boşqa oğir kasallik sabab Liondagi şifoxonaga yotqizilgan. Frantsiya rasmiylariga köra, erkakka virus Şarqiy Frantsiyada bahor va yoz oylarida, kasallik hayvonlar orasida tarqalgan davrda, qon söruvçi mayda haşarot çaqişi orqali yuqqan bölişi mumkin.
Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti Frantsiya rasmiylari bilan uşbu holat yuzasidan aloqada ekanini bildirgan. Taşkilot malumotlariga köra, hozirça bu alohida holat bölib, virusning keng tarqalişi ehtimoli past.
Frantsiya soğliqni saqlaş boşqarmasi rahbari Gregori Emerining aytişiça, bu ilmiy va virusologik jihatdan misli körilmagan holat hisoblanadi. Uning takidlaşiça, bemorning immuniteti keskin zaiflaşgani kasallikning oğir keçişida muhim omil bölgan. Şuningdek, hozirça jamoat salomatligi uçun favqulodda xavf mavjud emas.
Jahon hayvonlar salomatligi taşkiloti malumotlariga köra, Şamonda virusi qon söruvçi mayda haşarotlar orqali yuqadi. U asosan qoramollarda uçraydi, biroq otlar, qöylar va eçkilarda ham aniqlangan. Hozirga qadar virusning qoramollardan odamlarga yoki bir odamdan boşqasiga yuqişi holatlari qayd etilmagan.
Virus ilk bor 1960 yillarning örtalarida Nigeriyada aniqlangan. Yevropada esa u joriy yil iyul oyi oxirida Germaniyaning janubi, Şveytsariya va Frantsiyaning şarqidagi kasallangan qoramollardan olingan namunalar tahlili orqali tasdiqlangan.
Virus qoramollarda iç ketişi, holsizlik, iştahaning yöqolişi va ayrim hollarda isitmani keltirib çiqaradi. Frantsiyadagi töqqizta sut fermasida ötkazilgan tadqiqotda esa virus sabab sut işlab çiqariş hajmi 75 foizgaça kamaygani aniqlangan.
Malumot uçun, Şamonda virusi Yevropa Ittifoqida alohida nazorat qilinadigan kasalliklar röyxatiga kiritilmagan. Şu sababli unga qarşi maxsus rasmiy kuzatuv va nazorat çoralari belgilanmagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning Texas ştatida yovvoyi tabiatda Yangi Dunyo vint qurti deb ataladigan, tirik töqimalar bilan oziqlanadigan parazit aniqlangan edi.