Kongoda Eboladan kasallanganlar 1500 dan oşdi
Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusi tarqalişi davom etmoqda. Mamlakatda bugunga qadar 1 502 nafar bemorda Ebola infektsiyasi tasdiqlangan. Ularning 473 nafari kasallik oqibatida vafot etgan. Bu haqda “Reuters” xabar bergan.
Malumotlarga köra, hozirgaça 213 nafar bemor soğaygan, yana 628 kişi şifokorlar nazoratida. Soğliqni saqlaş xizmati mutaxassislari virus yuqtirgan bemorlar bilan aloqada bölganlarning 81,8 foizini kuzatuvga olgan.
Kasallikning asosiy öçoqlari mamlakatning şarqidagi Ituri, Şimoliy Kivu va Janubiy Kivu provintsiyalarida qayd etilgan. Mutaxassislarning bildirişiça, Bundibugyo ştammga qarşi hozirça tasdiqlangan vaktsina yoki maxsus davolaş usuli mavjud emas.
Vaziyat mamlakat şarqida davom etayotgan qurolli mojarolar sabab yanada murakkablaşmoqda. Bu esa tibbiyot xodimlarining bemorlarni aniqlaş, izolyatsiya qiliş va davolaş işlariga salbiy tasir körsatmoqda.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti mazkur Ebola epidemiyasini xalqaro miqyosda taşviş uyğotayotgan soğliqni saqlaş sohasidagi favqulodda vaziyat deb elon qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kongo Demokratik Respublikasida Bundibugyo ştammi keltirib çiqargan Ebola virusiga qarşi davolaş usulini sinovdan ötkaziş boşlangani haqida xabar berilgan edi.