USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ebola bilan kasallanganlar soni mingdan oşdi

86 марта
Эбола билан касалланганлар сони мингдан ошди

Kongo Demokratik Respublikasining şarqida davom etayotgan Ebola epidemiyasida tasdiqlangan kasallaniş holatlari soni 1 003 nafarga yetdi. Ulardan 254 nafari vafot etgan. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Kongo Soğliqni saqlaş vazirligi xabariga köra, joriy yilning 15 may kuni elon qilingan epidemiya boşlanganidan buyon 100 nafar bemor soğaygan. Hozirda kamida 365 kişi şifoxonalarda davolanmoqda yoki izolyatsiyada saqlanmoqda.

Rasmiylarning aytişiça, aniqlanmagan holatlar soni bundan ham köp bölişi mumkin va epidemiyaning eng yuqori çöqqisi hali oldinda. Soğliqni saqlaş vazirligi malumotlariga köra, kasallanganlar bilan aloqada bölganlarni aniqlaş işlari asosiy muammolardan biri bölib qolmoqda. Hozirça kuzatuv darajasi atigi 55 foizni taşkil etgan.

Qayd etilişiça, kasallikni Bundibugyo virusi keltirib çiqargan bölib, unga qarşi hozirça tasdiqlangan vaktsina yoki davolaş usuli mavjud emas. Bir oydan ortiq vaqt ötganiga qaramay, mutaxassislar kasallik tarqalişi unga qarşi kuraş çoralaridan tezroq keçayotganini va epidemiyaning haqiqiy kölami hali nomalumligini takidlamoqda.

Afrika Kasalliklarni nazorat qiliş va oldini oliş markazi boş direktori doktor Jan Kaseyaning aytişiça, Ebola epidemiyasini nazorat qiliş uçun avvalo birinçi bemorni aniqlaş zarur.

“Agar siz epidemiyani, ayniqsa Ebola epidemiyasini nazorat qilmoqçi bölsangiz, kasallikning ilk manbasini bilişingiz kerak. Biz bu epidemiya qaçon boşlanganiga işonç bilan javob bera olmayapmiz”, degan u.

Eslatib ötamiz, avvalroq yapon olimlari tomonidan ötkazilgan matematik modellaştiriş natijalariga köra, Afrikada Ebola virusini yuqtirgan şaxslar 30 kun içida yuqori ehtimol bilan Yevropa va Osiyoning yirik tranzit aeroportlariga yetib borişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: