Kongoda Ebolaga çalinganlar soni 450 nafardan oşdi
7-06-2026, 20:59
72 марта

Kongoda Ebolaga çalinganlar soni 450 nafardan oşdi
Kongoda Ebola bilan kasallanganlar soni 452 nafarga yetdi. Ularning 82 nafari vafot etgan. Bu haqda mamlakat Soğliqni saqlaş vazirligi malumotlariga tayanib, EFE xabar berdi.Vazirlikning malum qilişiça, 4 iyun kuni Ituri va Şimoliy Kivu viloyatlarida kasallikning yana 71 ta yangi holati qayd etilgan. Ular orasida 21 ta ölim holati ham mavjud.
Hozirda 258 nafar bemor izolyatsiya qilingan yoki şifoxonalarda davolanmoqda. Sakkiz nafar bemor töliq soğaygan.
Mutaxassislar kasallik tarqalişining oldini olişda kontaktlarni kuzatiş asosiy muammolardan biri bölib qolayotganini bildirmoqda. Nazoratga olingan 4766 nafar şaxsning faqat 2755 nafari, yani 57,8 foizi tekşiruvdan ötkazilgan.
Kongo soğliqni saqlaş idoralari Ebolaga qarşi kuraşda bir qator jiddiy tösiqlar mavjudligini takidlagan. Ular qatoriga marhumlardan tahlil uçun namunalar olişga qarşilik körsatilişi, davolaş imkoniyatlarining çeklangani, kontaktlarni samarali kuzatişdagi muammolar, dori-darmon va infektsiyalarning oldini oliş vositalari yetişmasligi, ogohlantiriş tizimining zaifligi hamda 21,5 million dollar miqdoridagi moliyalaştiriş tanqisligi kiradi.