Ebola qurbonlari 300 dan oşdi
Kongo Demokratik Respublikasida Ebola epidemiyasi avj olmoqda. Mamlakatda kasallanganlar soni 1155 nafarga yetdi. Hodisa oqibatida 304 kişi vafot etgan. Bu haqda “The Times” xabar berdi.
Mamlakat hukumatiga köra, hozirda 326 kişi şifokor nazoratida davolanmoqda. Ebola asosan Ituri, Şimoliy Kivu va Janubiy Kivu provintsiyalarida tarqalmoqda. Qurolli töqnaşuvlar davom etayotgan Ituri eng köp kasallik qayd etilgan hudud bölib qolmoqda.
Malumot uçun, Kongo Demokratik Respublikasi hukumati Ebola tarqalişi haqida 15 may kuni rasman elon qilan edi. Kasallik bungaça bir neça hafta davomida aniqlanmagan.
AQŞ Kasalliklarni nazorat qiliş va oldini oliş markazlari ekspertlari uşbu epidemiya mamlakat tarixidagi eng yirik Ebola epidemiyalaridan biriga aylanişi mumkiligini taxmin qilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Frantsiya hududida Ebola bezgagi bilan kasallanişning ilk holati aniqlangani haqida xabar berilgan edi. Kongo Demokratik Respublikasidagi gumanitar missiyadan qaytib kelgan şifokorda virusga olingan test ijobiy natija bergan.
Mumtozbegim Abdumöminova