Ebola nazoratdan çiqib ketmoqda – MSF
31-05-2026, 15:57
177 марта

Ebola nazoratdan çiqib ketmoqda – MSF
Ebola virusi nazoratdan çiqib, Markaziy Afrikada şiddat bilan tarqalmoqda. Bu haqda “Çegara bilmas şifokorlar” (Médecins Sans Frontières / MSF) xalqaro taşkiloti xabar berdi.“Kongo Demokratik Respublikasi (KDR) şarqidagi Ituri provintsiyasida kuzatilayotgan Ebola bezgagining navbatdagi avj olişi misli körilmagan suratlar bilan tarqalmoqda,” deydi taşkilotning amaliyotlar böyiça direktor örinbosari Alan Gonsales.Uning sözlariga köra, Ebola epidemiyasi rasman elon qilinganidan keyin bu qadar qisqa vaqt içida bunçalik köp yuqiş holatlari ilgari heç qaçon kuzatilmagan. Epidemiya boşlangani elon qilinganidan ikki hafta ötib ham vaziyat jiddiy xavotir uyğotişda davom etmoqda, körilayotgan çoralar esa kasallikning tarqaliş tezligidan ortda qolmoqda.
“Har kuni kasallikka çalinganlikda gumon qilinayotgan yangi holatlar haqida xabarlar kelmoqda, biroq yuzlab tahlil namunalari tekşirilmasdan qolmoqda. Şu bilan birga, çegaralar va aeroportlarning yopilişi kabi jiddiy çeklovlar hayotiy muhim tibbiy vositalar, gumanitar yordam va soha mutaxassislarini yetkazib berişni keçiktirmoqda. Tajribamizdan bilamizki, bunday muammolar kasallik avj olişiga qarşi kuraşişni qiyinlaştiradi va xalqaro kömakka muhtoj bölgan davlatlarni ajratib (izolyatsiya qilib) qöyadi”, deydi Alan Gonsales.“Çegara bilmas şifokorlar” taşkiloti testdan ötkaziş imkoniyatlarini zudlik bilan kengaytirişga, xalqaro tibbiy va gumanitar yordamni kuçaytirişga hamda epidemiya tarqalgan hududlarga tösiqlarsiz kirişni taminlaşga çaqirmoqda.
Kongo rasmiylari Ebola bezgagi avj olganini 15 may kuni elon qilgan edi. Kasallikni ilk bor 2007 yilda Ugandada aniqlangan Ebola-Bundibujio virusi keltirib çiqargan. Bu safargi epidemiya öçoği mamlakat şarqidagi Ituri provintsiyasi bölib, kasallik Şimoliy va Janubiy Kivu provintsiyalariga ham tarqalgan.
Hozirgi vaqtga kelib Kongoda 1 mingdan ortiq gumonlanuvçi kasallaniş holati va 240 ga yaqin ölim holati qayd etilgan.
22 may kuni Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) Ebola bezgagi xavfi darajasini milliy miqyosda “juda yuqori”, mintaqaviy darajada esa “yuqori” qilib kötardi. Global miqyosda esa, taşkilot baholaşiça, xavf hozirça “past” darajada qolmoqda.
Ebolaning tarixdagi eng halokatli avj olişi 2014–2016 yillarda Ğarbiy Afrikada yuz bergan. Öşanda 11 300 dan ortiq inson vafot etgan, kasallanganlar soni esa 28 600 dan oşib ketgan.