USD: 12,003 söm ▼ EUR: 13,156 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▲ CNY: 1,801 söm ▲ KZT: 26 söm → TRY: 237 söm ▼ AED: 3,268 söm ▼ USD: 12,003 söm ▼ EUR: 13,156 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▲ CNY: 1,801 söm ▲ KZT: 26 söm → TRY: 237 söm ▼ AED: 3,268 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Yozuvçi suniy intellekt yordamida 370 dan ortiq kitob yozib, mln dollar işladi

62 марта
Ёзувчи сунъий интеллект ёрдамида 370 дан ортиқ китоб ёзиб, млн доллар ишлади

Janubiy afrikalik yozuvçi Koral Hart 2025 yil fevralidan buyon suniy intellekt yordamida 370 dan ortiq kitob naşr etdi. Uning asarlari millionlab nusxada sotildi, daromadi esa 1 million dollardan oşgan. Bu haqda “African news” naşri xabar berdi.

Malumotlarga köra, Koral Hart yozuvçining haqiqiy ismi emas, balki taxallusi. U suniy intellektdan foydalanişga qarşi bölgan kişilarning tahdidlari va minglab ğazabli xabarlaridan himoyalaniş uçun öz ismini oşkor qilmaydi.

Yozuvçining aytişiça, suniy intellektdan foydalanişni boşlaşidan oldin u 14 yil davomida naşriyot sohasida işlagan va önlab asarlarni mustaqil ravişda yozgan. U kitob yoziş imkonini beradigan tizim işlab çiqiş uçun turli suniy intellekt modellarini örganişga uç oy sarflagan.

“Men dialoglarni juda yaxşi yozadigan, ammo badiiy nasrda unçalik kuçli bölmagan ÇatGPT bilan işlayman. Claude’da voqealar rivoji yaxşi şakllanadi, biroq u erotik mavzularda qiynaladi. Grok kabi boşqa modellar esa mutlaqo boşqarib bölmaydigan bölsa-da, ehtirosli sahnalarni yozişda yaxşi”, deya tuşuntirgan Koral Hart.

Yozuvçi avval asarning asosiy ğoyasi, uslubi, qahramonlar tafsilotlari va boblar tuzilişini özi belgilaydi. Şundan keyingina suniy intellekt tizimi kitob matnini yaratadi. Uning romanlaridan biri hatto Amazon platformasidagi eng köp sotilgan 100 ta kitob qatoriga kirgan.

Hartning öz hisob-kitoblariga köra, u elektron, bosma va audiokitob formatlarida jami bir milliondan ortiq nusxa sotgan. Joriy yilning özida esa uning daromadi 1 million dollardan oşgan. Bu taxminan 11 milliard 947 million özbek sömiga teng.

Şunga qaramay, yozuvçi suniy intellektdan foydalaniş usuli sababli tanqid va tahdidlarga duç kelmoqda. U esa texnologiya yordamida kitob yoziş yondaşuvini himoya qilişda davom etmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: