USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Keniyada 18 qavatli bino qulab tuşdi

75 марта
Кенияда 18 қаватли бино қулаб тушди

Keniyaning poytaxti Nayrobida qurilayotgan 16–18 qavatli bino qulab tuşdi. Hodisa oqibatida yetti kişi vayronalar ostida qolib ketgan bölişi mumkin. Bu haqda BBC xabar berdi.

Hodisa keça, 23 oktyabr kuni tuşdan keyin Nayrobining Istli hududida sodir bölgan. Taxminan 16 yoki 18 qavatli bino qulaşidan avval uning pastki qavati öpirilib tuşgan. Şundan söng butun inşoot qulab, atrofni çang qoplagan.

Qayd etilişiça, bino qulagan vaqtda uning yuqori qavatlarida önlab quruvçilar işlayotgan bölgan. Ularning aksariyati binodan çiqişga ulgurgan. Keniya Içki işlar vaziri Kipçumba Murkomenning aytişiça, hodisa vaqtida inşootda bölgan 67 nafar quriliş işçisidan 66 nafari heç qanday jarohat olmasdan qutulgan. Yana bir işçi hayot uçun xavfli bölmagan jarohatlar olgan.

Bedarak yöqolgan yetti kişi esa binoning quyi qavatlarida joylaşgan dökonlarda bölgan deb taxmin qilinmoqda. Rasmiylar bino hali quriliş jarayonida bölişiga qaramay, uning pastki qavatlaridagi 11 ta dökon allaqaçon faoliyat boşlaganini bildirgan.

Hodisa joyidan olingan tasvirlarda binoning beton qavatlari bir-birining ustiga qulab tuşgani körinadi. Qutqaruvçilar vayronalar ostida qolgan odamlarni topiş uçun metall konstruktsiyalarni kesib, qidiruv işlarini olib bormoqda.

Hozirça binoning nima sababdan qulagani aniq emas. Şuningdek, uning qurilişi tasdiqlangan loyiha va xavfsizlik talablariga muvofiq olib borilganmi, degan savollar ham yuzaga kelgan.

Keniya Milliy quriliş boşqarmasi bayonotida inşootni qurayotgan kompaniya, memor va konstruktsiya muhandisi aniqlanganini malum qilgan. Biroq bino qulaşidan oldin quriliş maydoni tekşirilgan yoki tekşirilmagani haqida malumot berilmagan.

Nayrobi gubernatori Sakaja Jonsonning mahalliy OAVga aytişiça, bino egalari undan foydalaniş uçun zarur hujjatlarga ega bölmagan. U markaziy hukumatni tasdiqlangan quriliş loyihalari va xavfsizlik talablariga rioya qilmaydigan quruvçilarni jazolaş borasida mahalliy hokimiyat vakolatlarini kengaytirişga çaqirgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiyaning Istanbul şahri Jevizli mahallasi Doğu köçasidagi 7 qavatli bino qisman qulab tuşgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: