USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

KXŞT Tojikistonga Afğoniston bilan çegarani mustahkamlaş uçun qurol beradi

42 марта
КХШТ Тожикистонга Афғонистон билан чегарани мустаҳкамлаш учун қурол беради

Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti (KXŞT) joriy yil oxirigaça Tojikistonga Afğoniston bilan çegarani mustahkamlaş uçun harbiy texnika va qurol-yaroğ yetkazib berişni boşlaydi. Bu haqda KXŞT boş kotibi Talatbek Masadikov joriy yilning 21 oktyabr kuni ötkazilgan matbuot anjumanida malum qildi.

Uning aytişiça, dasturning birinçi bosqiçi yakunlangan, Tojikiston tomoni buyurtmalar uçun yetkazib beruvçilarni tanlab, xarid summalarini kelişib olgan.

“Öylaşimça, joriy yil kuzida, yil oxirigaça Qozoğiston, Qirğiziston, Rossiya va Belarusdan Tojikistonga dastlabki yetkazib berişlar boşlanadi. Bu Tojikiston va Afğoniston çegarasini jihozlaşga taalluqli. Gap nafaqat jihozlar, balki qurol-yaroğ haqida ham ketmoqda”, degan Masadikov.

Hozirça Tojikistonga aynan qanday harbiy texnika va qurol-yaroğ yetkazib berilişi, ularning hajmi va turlari oçiqlanmagan.

KXŞT boş kotibi dastur Afğonistonga tahdid solişni maqsad qilmaganini ham takidlagan. Uning aytişiça, loyihani amalga oşiriş 2029 yilning oxirigaça davom etadi.

Masadikov avvalroq, joriy yilning avgust oyida, Tojikistonning Afğoniston bilan çegarasini mustahkamlaş uçun zarur bölgan qurol-yaroğ va harbiy texnika turlari röyxati şakllantirilganini bildirgan edi. Biroq öşanda ham ularning aniq tarkibi va miqdori malum qilinmagan.

“Çegara xavfsizligi nafaqat Tojikiston, balki taşkilotning barça azolari uçun ham birinçi darajali ahamiyatga ega”, degan KXŞT boş kotibi.

Öz navbatida, “Tolibon” muvaqqat hukumati vakili Zabihulloh Mujohid Afğoniston qöşni davlatlarga tahdid solmayotganini bildirgan. U Markaziy Osiyodagi xavotirlarni asossiz deb atagan.

Mujohidning bildirişiça, Afğonistonning amaldagi hukumatiga qarşi bölgan ayrim axborot tuzilmalari KXŞTga notöğri malumotlar taqdim etmoqda va Qobul bilan qöşni davlatlar örtasida nizo keltirib çiqarişga urinmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Belarusda Rossiya va Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotining boşqa ittifoqçilari iştirokida qöşma harbiy maşğulotlar boşlangani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: