Xitoy Rossiyani Markaziy Osiyo qurol-yaroğ bozoridan siqib çiqarmoqda – CP
Sovet Ittifoqi parçalanganidan söng Rossiya uzoq vaqt davomida Markaziy Osiyo mamlakatlarining qurol-yaroğ yetkazib beriş sohasidagi tabiiy hamkori bölib kelgan. Biroq endi Xitoy Rossiyani mintaqa qurol-yaroğ bozoridan siqib çiqarmoqda. Bu haqda “The Caspian Post” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Xitoy 2010-yillarning oxiridayoq Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan mudofaa sohasida kam-kamdan hamkorlik qilişni boşlagan. Ammo Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainada uruş oçganidan söng, sobiq sovet respublikalari öz harbiy arsenalini ança faolroq diversifikatsiya qila boşlagan.
“Markaziy Osiyo mamlakatlari uçun Xitoy uzoq vaqt davomida eng avvalo savdo va investitsiyaviy hamkor bölib kelgan bölsa, hozirda ularning mudofaa bozorini tobora şiddat bilan egallab bormoqda, deb vaziyatni tahlil qiladi”, deyiladi xabarda.
Naşrning yozişiça, Pekin dronlar, transport samolyotlari, bronetexnika va havo hujumidan himoya (HHH) tizimlarini sotadi, çegara xavfsizligini taminlaş infratuzilmasini moliyalaştiradi va mintaqaviy kuç işlatar tuzilmalari bilan hamkorlikni kengaytiradi.
“Masalan, Turkmaniston uzoq (HQ-9) va örta masofaga möljallangan (HQ-12) HHH tizimlarini xarid qildi, Özbekiston esa HQ-9 ning analogi bölgan FD-2000 tizimlarini sotib oldi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, arsenalning Xitoy qurollari hisobiga kengayişi Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikiston Rossiya bilan birgalikda harbiy blok – Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti (KXŞT) azosi ekaniga qaramay yuz bermoqda.
“Lekin Tojikiston hatto Duşanbedagi paradlarda Xitoy texnikasini namoyiş etmoqda”, deb qayd etgan edi “Janes” mudofaa tahlil kompaniyasi.
Tojikiston, asosan, bronetransportyorlar, zirhli avtomobillar, özi yurar minomyot qurilmalari va öqotar qurollarni sotib olgan. Xitoy, şuningdek, Tojikiston-Afğoniston çegarasi böylab xavfsizlik obektlarini quriş va rivojlantirişni, şu jumladan öz transport koridorlari va Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalarini himoya qiliş uçun moliyalaştirmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoy ijtimoiy tarmoqlari va harbiy tahlilçilari törtta Çengdu J-10CE köp maqsadli qiruvçi samolyoti Özbekiston Havo hujumidan mudofaa qöşinlari va Harbiy-havo kuçlariga yetkazib berilganini davo qilayotgani haqida xabar berilgan edi.