Yangi Markaziy Osiyo qanday tus olmoqda?
18-11-2025, 21:36
126 марта

Yangi Markaziy Osiyo qanday tus olmoqda?
Markaziy Osiyo – bu uzoq tarix davomida turli xalqlar yöllari kesişgan, tsivilizatsiyalar töqnaşgan, köplab elatlar uçun vatan bölib kelgan mintaqa. Özi şundoq ham turli etnik tarkiblar aralaşib ketgan bu “qozon”ga Sobiq Sovet Respublikasining 1924-1936 yillarda joriy qilgan suniy çegaralari butkul vaziyatni izdan çiqarib yuborgan edi. Aslida milliy-hududiy çegaralaş siyosati mahalliy elitalarni sovet tizimiga boğlaş, hududni bölib taşlab, boşqaruvni qulaylaştiriş maqsadlarini közlagan bu jarayon etnik guruhlarnining tarqoq yaşaş hududlarini hisobga olmagan edi. Bu muammolar kelgusida mustaqillikka erişgan beş davlatning munosabatlarida sovuqçilik tuşişiga sabab bölgandi.Bu hudud uçun yana bir muhim muammo, albatta, suv resursidir. Amudaryo va Sirdaryo mintaqani suv bilan taminlovçi asosiy ikki manbaalardir. Ayniqsa Özbekiston uçun suvning har tomçisi nihoyatda qadrli. Orol dengizining deyarli qurib qolagni, Amudaryo va Sirdaryoning özani qöşni Tojikiston va Qirğizistondaligi tufayli Özbekistonga suvning yetib kelişi doimo nihoyatda muhim bölgan.
.jpg)
Bu muammolar Markaziy Osiyo mamlakatlarining bir yaxlit mintaqa sifatida şakllanişiga imkon bermay kelayotgan edi. Ammo sönggi yillarda vaziyat özgardi, tomonlar örtasida hamkorlik va integratsion aloqalar köpaydi. Joriy yilning 16 noyabr kuni Toşkentda bölib ötgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlari yettinçi maslahat sammiti ham şular jumlasidan. Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida ötgan sammitda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev, şuningdek, BMTning Markaziy Osiyo uçun preventiv diplomatiya böyiça mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadze iştirok etdi.