“Oq paxtaning qora doği”. Özbekiston va BMT Orol fojiasini bartaraf etiş uçun nimalar qilmoqda?
23-09-2025, 23:08
116 марта

“Oq paxtaning qora doği”. Özbekiston va BMT Orol fojiasini bartaraf etiş uçun nimalar qilmoqda?
XX asrning örtalariga qadar Orol dengizi hayot qaynagan va mintaqa iqtisodida muhim ahamiyatga ega bölgan havza edi. U öz kattaligi böyiça dunyoning törtinçi eng yirik köli hisoblangan. Biroq Sovet Ittifoqining jinoyatkorona qarorlari, jumladan paxta siyosati sabab u asrimizning eng yomon ekologik fojiasiga aylandi. Sirdaryo hamda Amudaryo suvining qişloq xöjaligi uçun haddan ziyod miqdorda işlatilişi ortidan Orol havzasi kiçrayib ketdi. Bu esa Markaziy Osiyo gavharining 90 foizga qisqarişiga sabab böldi. Açinarlisi, bu bir avlod köz öngida yuz berdi.1060 yilgi malumotlarga köra, Orol dengizining maydoni taxminan 68,000 kvadrat kilometrni taşkil qilgan. Bu Özbekiston hududining qariyb 15 foizi degani. Qolaversa, uning qirğoqlari yuzlab kilometrga çözilgan qamişzor va töqay örmonlari bilan öralgan edi. Bu hududda fauna va flora rivojlanişi uçun qulay makon ölaroq xizmat qilgan.

Ammo bu hammasi emas. Orol dengizida 30 dan ortiq turdagi baliqlar, jumladan, laqqa baliq, sazan, sudak kabi sanoatbop turlar yaşagan. Bu esa Özbekiston va Qozoğistonning Möynoq hamda Orol kabi önlab port şaharlari gullab yaşnaşiga xizmat qilgan. Baliqçilik sanoati 60 mingdan ortiq iş örni yaratib, butun ittifoqni taminlaşda salmoqli rol öynagan.