USD: 11,919 söm ▲ EUR: 13,284 söm ▲ RUB: 148 söm ▲ GBP: 15,876 söm ▲ CNY: 1,788 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,245 söm ▲ USD: 11,919 söm ▲ EUR: 13,284 söm ▲ RUB: 148 söm ▲ GBP: 15,876 söm ▲ CNY: 1,788 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,245 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tramp unga Nobelni bermagan Norvegiyani “jirkanç mamlakat” deb atadi

16 марта
Трамп унга Нобелни бермаган Норвегияни “жирканч мамлакат” деб атади

AQŞ Prezidenti Donald Tramp Nobel tinçlik mukofotini olmagani sabab Norvegiyani haqoratli sözlar bilan atab, mamlakat fuqarolarining AQŞga kirişiga qarşi ekanini aytdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilişiça, Tramp joriy yilning 25 oktyabr kuni Miçigan ştatidagi Port-Huron şahrida respublikaçilarni qöllab-quvvatlaş uçun ötkazilgan siyosiy mitingda Norvegiyani “jirkanç mamlakat” deb haqorat qilgan. U Norvegiyani ingliz tilida qöpol ibora bilan atab, mamlakatdan AQŞga muhojirlar kelişini istamasligini bildirgan.

Tramp Frantsiyadagi sönggi tartibsizliklarni ham muhojirlik bilan boğlagan. U ayrim mamlakatlardan kelgan muhojirlarni qabul qilişga tayyorligini aytgan, biroq Norvegiyadan keluvçilarga nisbatan bunday munosabatda bölmasligini bildirgan. Bunga Nobel tinçlik mukofoti unga berilmaganini sabab qilib körsatgan.

Şu bilan birga, Tramp mamuriyati Norvegiya fuqarolarining AQŞga kirişiga nisbatan yangi rasmiy çeklov joriy etişni rejalaştirayotganiga oid malumot yöq.

Norvegiya Taşqi işlar vaziri Espen Bart Eyde mamlakatning NRK milliy telekanaliga bergan izohida Nobel qömitasi mustaqil taşkilot ekanini takidlagan. Uning aytişiça, bu haqda AQŞ tomoniga avval ham eslatilgan va qömitaning mustaqil maqomi özgarmagan.

Malumotlarga köra, Tramp avval ham Gaiti, Liviya, Somali va Yaman kabi mamlakatlarga nisbatan şunga öxşaş haqoratli iboralarni işlatgan. U joriy oy boşida Nobel tinçlik mukofoti unga berilmaganini Norvegiya uçun öçmas doğ deb atagan edi.

Norvegiya aholi jon boşiga yalpi içki mahsulot körsatkiçi böyiça dunyoning yuqori daromadli mamlakatlari qatoriga kiradi. Mamlakatning suveren investitsiya jamğarmasi joriy yilning birinçi yarmida 1,75 trillion norvegiya kronasi taxminan 184,3 milliard dollar miqdorida rekord foyda qayd etgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Donald Tramp Braziliyada bölib ötgan prezidentlik saylovlarini tanqid qilib, ularning natijalari soxtalaştirilgan saylovni eslatganini aytgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: