Frantsiya Norvegiyani yirik hisobda mağlub etdi
Bugun, 27 iyun kuni Frantsiya milliy terma jamoasi Jahon çempionati guruh bosqiçi 3-turida Norvegiyani 4:1 hisobida mağlub etdi.
Uçraşuv AQŞning Massaçusets ştatidagi Foksboro şahrida bölib ötdi. Frantsuzlar safida Usmon Dembele 7, 20 va 32-daqiqalarda xet-trik qayd etgan bölsa, Dezire Due 90+4-daqiqada hisobga nuqta qöydi. Norvegiyaning yagona goliga esa 21-daqiqada Telo Osgord mualliflik qildi.
Uçraşuvning 50-daqiqasida Frantsiya darvozaboni Mayk Menyan norvegiyalik Yorgen Larsen tomonidan tepilgan penaltini bartaraf etişga muvaffaq böldi.
Öyinda kiritilgan gollarni uşbu havola orqali tomoşa qilişingiz mumkin.
Frantsiya terma jamoasi boş murabbiyi Dide Deşam şaxsiy sabablarga köra uçraşuvda iştirok etmadi. Avvalroq uning onasi vafot etgani munosabati bilan Frantsiyaga qaytgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Uning vazifasini mazkur bahsda yordamçisi Gi Stefan bajardi.
Uşbu ğalabadan söng Frantsiya 9 oçko bilan “I” guruhida birinçi örinni egallab, pley-offga yöl oldi. Norvegiya esa 6 oçko bilan ikkinçi örinni saqlab qoldi. Frantsiyaning 1/16 finaldagi raqibi keyinroq malum böladi. Norvegiya esa joriy yilning 30 iyun kuni Texas ştatining Arlington şahrida bölib ötadigan pley-offning birinçi bosqiçida Kot-d’Ivuarga qarşi maydonga tuşadi.