Mbappening dubli bilan Frantsiya ham pley-offga çiqdi
Bugun, 23 iyun kuni 2026 yilgi Jahon çempionati guruh bosqiçi 2-turidan örin olgan Frantsiya va Iroq terma jamoalari örtasidagi uçraşuv yakunlandi. Bahsda frantsuzlar 3:0 hisobida ğalaba qozondi va pley-off bosqiçiga yöl oldi.
AQŞning Pensilvaniya ştati, Filadelfiya şahrida bölib ötgan uçraşuvda Frantsiya safida Kilian Mbappe 14 va 54-daqiqalarda, Usmon Dembele esa 66-daqiqada gol muallifi böldi.
Öyinda kiritilgan gollarni uşbu havola orqali tomoşa qilişingiz mumkin.
Uşbu dubl orqali Mbappe Jahon çempionatlari tarixidagi gollari sonini 16 taga yetkazdi va bu körsatkiç böyiça Germaniya terma jamoasining afsonaviy hujumçisi Miroslav Kloze bilan tenglaşdi. Ayni paytda uşbu reytingda faqat Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi oldinda bormoqda. Uning hisobida Jahon çempionatlari doirasida 18 ta gol mavjud.
Uçraşuv birinçi bölimdan söng noqulay ob-havo şaroiti sabab töxtatildi. Jamoalar qariyb ikki soatlik tanaffusdan keyin bahsni davom ettirişdi. AQŞda ötkazilayotgan turnir öyinlarida xavfsizlik böyiça qatiy qoidalar amal qiladi: agar stadiondan 13 kilometr radiusda çaqmoq qayd etilsa, uçraşuv darhol töxtatiladi va futbolçilar kiyiniş xonalariga yuboriladi.
Ikki turdan keyin Frantsiya terma jamoasi 6 oçko bilan “I” guruhida peşqadamlik qilmoqda. Iroq esa oçkosiz holda sönggi, törtinçi örinni egallab turibdi.
Malumot uçun, guruh bosqiçining sönggi turida Frantsiya joriy yilning 26 iyun kuni Norvegiyaga qarşi maydonga tuşadi. Iroq esa şu kuni Senegal bilan kuç sinaşadi.