Norvegiya ham muddatidan avval pley-off yöllanmasiga ega çiqdi
Bugun, 23 iyun kuni 2026 yilgi Jahon çempionati guruh bosqiçi 2-turidan örin olgan Norvegiya va Senegal terma jamoalari örtasidagi uçraşuv yakunlandi. Bahs norvegiyaliklarning 3:2 hisobidagi ğalabasi bilan tugadi.
Ğolib jamoa safida Markus Pedersen hamda Erling Holand (48, 58) gol muallifi böldi. Senegal tarkibida esa Ismoila Sarr 53 va 90+3-daqiqalarda raqib darvozasini işğol qildi.
Uşbu dubl orqali Erling Holand 2026 yilgi Jahon çempionatidagi gollari sonini 4 taga yetkazdi va bu körsatkiç böyiça Frantsiya terma jamoasi hujumçisi Kilian Mbappega tenglaşdi. Ayni vaqtda musobaqaning eng yaxşi töpurari bölib 5 ta gol bilan Argentina sardori Lionel Messi bormoqda.
Mazkur ğalaba Norvegiya terma jamoasiga muddatidan avval pley-off yöllanmasini taqdim etdi. Norvegiyaliklar 1998 yildan buyon ilk bor Jahon çempionatining hal qiluvçi bosqiçiga çiqişga muvaffaq böldi. Öşanda jamoa guruh bosqiçidan muvaffaqiyatli ötib, 1/8 finalda Italiyaga 0:1 hisobida mağlub bölgan edi.
Malumot uçun, ikki turdan keyin Frantsiya va Norvegiya terma jamoalari 6 oçkodan jamğargan holda “I” guruhida yetakçilik qilmoqda. Senegal hamda Iroq hisobida esa hozirça oçko yöq.
Guruh bosqiçining sönggi turida Norvegiya Frantsiya bilan kuç sinaşsa, Senegal Iroqqa qarşi maydonga tuşadi. Har ikki uçraşuv joriy yilning 26 iyun kuni bölib ötadi.