Meksika muddatidan avval pley-offga çiqdi
Bugun, 19 iyun kuni 2026 yilgi Jahon çempionatining “A” guruhida Meksika va Janubiy Koreya terma jamoalari örtasidagi 2-tur uçraşuvi yakunlandi. Meksikaning Sapopan şahridagi “Akron” stadionida bölib ötgan bahsda mezbonlar 1:0 hisobida ğalaba qozondi va muddatdan avval pley-offga çiqdi.
Uçraşuvdagi yagona gol 50-daqiqada kiritildi. Janubiy Koreya darvozabonining qöpol xatosidan unumli foydalangan meksikalik himoyaçi Luis Romo raqib darvozasini işğol qildi va jamoasiga muhim uç oçko keltirdi.
Eslatib ötamiz, birinçi turda Meksika Janubiy Afrika Respublikasini 2:0 hisobida mağlub etgan bölsa, Janubiy Koreya Çexiya ustidan 2:1 hisobida ğalaba qozongan edi.
Ikki turdan söng olti oçko jamğargan Meksika terma jamoasi muddatidan avval guruhda birinçi örinni kafolatladi.
Jahon çempionatining guruh bosqiçi 11 iyundan 27 iyungaça davom etadi. Jamoalar özaro bir martadan töqnaş keladi. Pley-off bosqiçiga har bir guruhdan dastlabki ikki örinni egallagan terma jamoalar hamda uçinçi örinni olgan sakkizta eng yaxşi jamoa yöl oladi.