Çexiya va Janubiy Afrika bahsi durang bilan tugadi
Bugun, 18 iyun kuni 2026 yilgi Jahon çempionatining “A” guruhidan örin olgan Çexiya va Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoalari örtasidagi bahs yakunlandi. AQŞning Atlanta şahridagi “Mersedes-Bents” stadionida bölib ötgan uçraşuv 1:1 hisobida durang bilan tugadi.
Öyinda hisob 6-daqiqada oçildi. Çexiya yarim himoyaçisi Mixal Sadilek jamoasini oldinga olib çiqdi. Janubiy Afrika Respublikasi esa uçraşuvning sönggi qismida muvozanatni tiklaşga muvaffaq böldi. 83-daqiqada boş hakam Tori Penso çexlar darvozasi tomon penalti belgiladi va Teboxo Mokoena undan samarali foydalanib, hisobni tenglaştirdi.
Şu tariqa, jamoalar bir oçkodan qölga kiritdi. Uşbu guruh doirasidagi 2-bahsda Janubiy Koreya – Meksika qarama qarşiligi bölib ötadi. Öyin Toşkent vaqti bilan ertaga, 19 iyun kuni 6:00 da boşlanadi.
Malumot uçun, “A” guruhining sönggi turida Çexiya terma jamoasi Meksikaga qarşi maydonga tuşsa, Janubiy Afrika Respublikasi Janubiy Koreya bilan bahs olib boradi.