USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston Osiyo kubogi çorak finaliga çiqdi

73 марта

Özbekiston Osiyo kubogi çorak finaliga çiqdi

Bugun, 9 mart kuni futbol böyiça Özbekiston ayollar terma jamoasi Avstraliyada ötayotgan 2026 OFK Osiyo kubogi guruh bosqiçining 3-tur uçraşuvida Bangladeşga qarşi maydonga tuşdi. Kotrina Kalbayte şogirdlari raqibini 4:0 hisobida mağlub etib, çorak final bosqiçiga yöllanmani qölga kiritdi.

“B” guruhidan joy olgan Özbekiston terma jamoasi avvalgi turlarda Xitoy va Şimoliy Koreyaga yirik hisoblarda mağlub bölgan edi. Sönggi turda Bangladeş ustidan qozonilgan ğalaba esa jamoaga pley-off bosqiçiga çiqiş imkonini berdi.

Guruh yakunlariga köra, Xitoy 9 oçko bilan birinçi, Şimoliy Koreya 6 oçko bilan ikkinçi örinni egalladi. Bangladeş esa barça öyinlarda mağlub bölib, guruhni tark etdi.

Turnir reglamentiga köra, guruhlarda uçinçi örinni egallagan jamoalar orasidan eng yaxşi natija qayd etganlar pley-off bosqiçiga yöl oladi. Uşbu reytingda Özbekiston 3 oçko bilan Vetnamdan keyin ikkinçi örinni egallab, çorak final yöllanmasini qölga kiritdi.

Kotrina Kalbayte şogirdlarining çorak finaldagi raqibi guruh bosqiçi yakunlangaç aniqlanadi. Agar Özbekiston çorak finaldan öta olsa, 2027 yilgi Jahon çempionati yöllanmasini töğridan töğri qölga kiritadi. Mağlubiyatga uçragan taqdirda ham imkoniyat saqlanib qoladi – çorak finalda yutqazgan jamoalar özaro bahs olib borib, mundial yöllanmasi uçun kuraşadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: