Qatar mezbonlarga yirik hisobda mağlub böldi
Bugun, 19 iyun kuni 2026 yilgi Jahon çempionatining “B” guruhidan örin olgan Kanada va Qatar terma jamoalari örtasidagi uçraşuv yakunlandi. Kanadaning Vankuver şahridagi “Bi-Si Pleys” stadionida bölib ötgan bahsda mezbonlar yirik — 6:0 hisobida ğalaba qozondi.
Kanada terma jamoasi safida Kayl Larin bir marta, Jonatan Devid esa uç marta raqib darvozasini işğol qildi. Şuningdek, Natan-Dilan Saliba ham öz nomini tabloga yozdirib qöydi. Yana bir gol Qatar yarim himoyaçisi Muhammad Al-Mannaiy tomonidan öz darvozasiga kiritildi.
Qatar uçun uçraşuv yanada murakkab keçdi. Jamoa öyinning 33-daqiqasida Homam Al-Amin, 53-daqiqasida esa Asim Madibo qizil kartoçka olgaç, bahsni töqqiz nafar futbolçi bilan yakunladi.
Uşbu natijadan söng Kanada terma jamoasi öz guruh 4 oçko töplagan holda yetakçiga aylandi. Qatar esa ikki turdan keyin ham ğalabaga erişa olmadi va 1 oçko bilan guruhda söngi poğonani egallab turibdi.
Endilikda Kanada terma jamoasi söngi turda Şveysariya bilan bahs olib borsa, Qatar esa Bosniya va Gertsegovinaga qarşi maydonga tuşadi.