Gana Panamani mağlubiyatga uçratdi
Bugun, 18 iyun kuni 2026 yilgi Jahon çempionati “L” guruhidan örin olgan Gana va Panama terma jamoalari örtasidagi uçraşuv yakunlandi. Uçraşuv Gana terma jamoasining 1:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Jamoalar Kanadaning Toronto şahridagi “Bímo Fild” stadionida maydonga tuşdi. Bahsni şvetsiyalik hakam Glenn Nyuberg boşçiligidagi hakamlar brigadasi boşqarib bordi.
Öyindagi yagona golga Gana yarim himoyaçisi Kaleb Yirenki mualliflik qildi. U 90+5-daqiqada raqib darvozasini işğol etib, jamoasiga muhim uç oçko keltirdi.
Avvalroq, mazkur guruhda Angliya terma jamoasi Xorvatiyani 4:2 hisobida mağlub etgan edi. Hozirda uşbu guruhda Angliya va Gana terma jamoalari yetakçilik qilmoqda.
Angliya terma jamoasi guruh bosqiçining 2-turida 24 iyun kuni Ganaga qarşi maydonga tuşadi. Sönggi turda esa 28 iyun kuni Panama bilan bahs olib boradi. Xorvatiya terma jamoasi 24 iyun kuni Panamaga qarşi öynaydi.Xorvatlar guruh bosqiçidagi sönggi uçraşuvini 28 iyun kuni Gana terma jamoasiga qarşi ötkazadi.