Urugvay ham Saudiya yenga olmadi
Bugun, 16 iyun kuni 2026 yilgi Jahon çempionatining “H” guruhidan örin olgan Saudiya Arabistoni va Urugvay terma jamoalari örtasidagi uçraşuv yakunlandi. Bahsda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi.
AQŞning Florida ştati, Mayami şahridagi “Xard Rok” stadionida bölib ötgan bahsni italiyalik hakam Mauritsio Mariani boşqarib bordi.
Öyinning 41-daqiqasida Saudiya Arabistoni himoyaçisi Abdulloh Al-Amri hisobni oçib, jamoasini oldinga olib çiqqan bölsa, 80-daqiqada Urugvay himoyaçisi Arauxo Vilçes hisobni tenglaştirdi. Uşbu natijadan söng har ikki jamoa öz hisobiga bir oçkodan yozib qöydi. Eng qiziği uşbu guruhda 1-turdan söng 4 tala terma jamoada ham 1 oçkodan egallab turibdi.
Endilikda 2-turda Saudiya Arabistoni terma jamoasi Ispaniyaga qarşi maydonga tuşadi. Uçinçi turda esa Kabo-Verde bilan kuç sinaşadi. Urugvay esa navbatdagi turda Kabo-Verdega qarşi bahs olib borsa, guruh bosqiçidagi sönggi uçraşuvini Ispaniyaga qarşi ötkazadi.