Kreml Ukraina bilan muzokaralar qaçon bölişini malum qildi
Rossiya, AQŞ va Ukraina örtasida Rossiya-Ukraina uruşini yakunlaş böyiça tinçlik muzokaralari joriy yilning 4 noyabridan keyin Abu-Dabida ötkazilişi kutilmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov jurnalistlarga malum qildi.
Uşakovning aytişiça, muzokaralar sanasi frontdagi vaziyat va xalqaro şaroitga boğliq böladi.
“Bu ham frontdagi vaziyatga va umuman, şaroitga boğliq böladi“, degan u.
Uning takidlaşiça, Rossiya delegatsiyasi tarkibi hali töliq şakllantirilmagan bölsa-da, uning asosiy qismi tayyor.
Şuningdek, Uşakov avvalgi muzokaralar bekor qilinganini ham eslatgan. Uning davo qilişiça, Ukraina tomoni avvalgi uçraşuvni barbod qilgan.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa muzokaralar davrida öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuv yöqligini bildirgan.
Eslatib ötamiz, Uşakov joriy yilning 21 oktyabr kuni Sankt-Peterburgda Putin va AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff örtasidagi uçraşuvdan keyin ham muzokaralarni noyabr oyining ikkinçi ön kunligida qayta boşlaş imkoniyati haqida gapirgandi. Uning sözlariga köra, asosiy masalalardan biri Rossiya va Ukraina uçun xavfsizlik tizimini şakllantiriş böladi.
Şuningdek, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina, AQŞ va Rossiya örtasidagi uç tomonlama muzokaralar noyabr oyida ötkazilişi mumkinligini malum qilgandi.