Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan
foydalanamiz.
Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati
va Foydalanish
shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.
Kreml Yevropa taklif qilgan tinçlik rejasini rad etdi
25-11-2025, 11:29
295 марта
Kreml Yevropa taklif qilgan tinçlik rejasini rad etdi
Kreml uçun uruşni tugatiş böyiça asosan maqbul bölgan yagona variant – AQŞning dastlabki tinçlik rejasi. Yevropaning takliflari samarasiz va Kreml manfaatlariga mos kelmaydi. Bu haqda Rossiya Prezidentining yordamçisi Yuriy Uşakov keça, 24 noyabr kuni jurnalistlarga bergan intervyusida söz oçdi.
U Yevropa takliflari deganda, AQŞ va Ukraina delegatsiyalari Jenevada muhokama qilgan öşa hujjat nazarda tutilganmi yoki yöq aniq aytmagan. Hozirça tinçlik rejasining heç bir varianti rasmiy ravişda elon qilinmagan. Turli bandlar faqat bir neçta OAV tomonidan tarqatilgan. Uşakovning sözlariga köra, Ukraina böyiça tinçlik rejasi atrofida köp miş-mişlar bor va Rossiya faqat AQŞdan bevosita olingan malumotlarga işonadi.
Uning aytişiça, Moskva AQŞning bir versiyasi bilan taniş, ammo bu borada aniq muzokaralar bölmagan. U Alyaskada muhokama qilingan AQŞ takliflarining köp bandlari Rossiya uçun maqbul ekanini qöşimça qilgan. Uşakov AQŞ yaqin vaqt içida Moskva bilan rejani yuzma-yuz muhokama qilişga çiqişini kutayotganini aytdi, lekin aniq kelişuvlar hali yöq.
Ukraina va Yevropa muzokara tomonlari sifatida tilga olinmagan.