Özbekistonda noyabr oyida qor yoğişi mumkin
Joriy yilning noyabr oyida Özbekistonda örtaça havo harorati meyor atrofida, ayrim joylarda esa meyordan 1–1,5 daraja yuqori bölişi kutilmoqda. Oy davomida harorat asta-sekin pasayib, ayrim kunlarda yomğir yoğişi mumkin. Bu haqda Özgidromet xabar berdi.
Malum qilinişiça, noyabr oyining birinçi ön kunligi nisbatan iliq keçadi. Bu davrda keçalari havo harorati 5–10 daraja iliq, kunduz kunlari esa 17–22 daraja iliq böladi.
Oyning ikkinçi va uçinçi ön kunliklarida harorat pasayişi kutilmoqda. Uşbu davrda keçalari havo harorati 3–8 daraja iliqdan 2 daraja sovuq va 3 daraja iliqqaça, kunduz kunlari esa 15–20 daraja iliqdan 5–10 daraja iliqqaça özgarib turadi.
Şuningdek, oyning ayrim kunlarida yomğir yoğişi mumkin. Harorat pasaygan davrlarda yomğir qisqa muddatga qorga aylanişi ham istisno emas.
Oylik yoğingarçilik miqdori respublika hududining ayrim joylarida meyordan kam, bazi joylarda esa meyor atrofida bölişi prognoz qilinmoqda.