Sinoptiklar özbekistonliklarni yanvar oyida qanday ob-havo kutayotganini malum qildi
30-12-2025, 13:14
1 042 марта
Sinoptiklar özbekistonliklarni yanvar oyida qanday ob-havo kutayotganini malum qildi2026 yilning birinçi oyida ob-havo özgaruvçan böladi. Uçinçi ön kunlikda esa tungi paytda havo harorati −20…−25 darajagaça pasayişi mumkin.
Özgidromet xabariga köra, 1-2 yanvarda Özbekiston böyiça quruq ob-havo bölişi kutilmoqda.
3 yanvarda respublika hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massalari kirib keladi, respublika böyiça yomğir yoğadi, bazi joylarda qorga aylanadi. Markaziy va janubi-şarqiy hududlarda 4 yanvar kuni keçasi va ertalab yoğingarçilik bölişi saqlanib turadi.
Keyinçalik birinçi ön kunlik oxirigaça respublika hududi böyiça yoğingarçilik kuzatilişi ehtimoli kam.
Havo harorati asosan keçalari 2 daraja sovuq-3 daraja iliq atrofida, bazi joylarda 5 daraja sovuqqaça böladi, kunduz kunlari 8-13 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqqaça özgarib turadi.
Ikkinçi ön kunlikda harorat keçalari 1-6 daraja iliqdan 1-6 daraja sovuqqaça, kunduz kunlari 10-15 daraja iliqdan 2 daraja sovuq-3 daraja iliqqaça özgarib turadi. Respublika şimolida harorat keçalari 3 daraja sovuq-2 daraja iliqdan 5-10 daraja sovuqqaça, bazi joylarda 13-15 daraja sovuqqaça, kunduz kunlari 2-7 daraja iliqdan 3-8 daraja sovuqqaça özgarib turadi.
Uçinçi ön kunlikda sovuq tölqinlar kirib kelişi hisobiga harorat keçalari 7-12 daraja sovuqqaça, ayrim joylarda 15-17 daraja sovuqqaça, kunduz kunlari 3-8 daraja sovuqqaça; respublika şimolida keçalari 15-20 daraja sovuqqaça, bazi joylarda 22-25 daraja sovuqqaça, kunduz kunlari 5-10 daraja sovuqqaça, bazi joylarda 13-15 daraja sovuqqaça pasayişi mumkin