Özbekistonda hafta davomida quruq ob-havo saqlanib turadi
24-11-2025, 15:28
100 марта

Özbekistonda hafta davomida quruq ob-havo saqlanib turadi
Noyabr oyining söngi iş haftasida Özbekiston hududida quruq ob-havo saqlanib turadi, deb xabar bermoqda“Özgidromet”.Prognozlarga köra, 24—28 noyabr kunlari bazi joylarga tuman tuşişi mumkin.
Harorat kunduzi 13-18 daraja iliq atrofida böladi. Haftaning ikkinçi yarmida harorat şimoliy va çöl hududlarda 2-3 darajaga pasayadi. Keçasi va ertalablari respublika hududining asosiy qismida 0—5 daraja iliq, şimolda 1—3 darajagaça sovuq böladi.
Toşkentda yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat asosan keçalari 3—5 daraja iliq, kunduzi 15—18 daraja iliq böladi.
“Özgidromet” qiş mavsumi uçun ham ob-havo prognozini elon qilgandi. Unga köra, dekabr oyi normaga nisbatan bir oz issiqroq bölişi kutilmoqda. Yoğingarçilik miqdori norma atrofida yoki undan kam böladi. Yanvar oyi umumiy holatda normaga yaqin, ayrim hududlarda bir oz sovuqroq böladi. Uçinçi ön kunlikda anomal sovuq kutilmoqda. Fevral oyi birinçi ön kunligida anomal sovuq davom etadi. Ikkinçi va uçinçi ön kunliklarda havo sezilarli iliydi.