Moskva dronlar nişonida: uçta aeroportda çeklovlar joriy etildi
Rossiya poytaxti Moskva va Moskva viloyatiga Ukraina dronlari hujum qildi. Hujumlar ortidan ayrim aeroportlarda samolyotlarning uçişi va qönişiga çeklovlar joriy etildi. Bu haqda “Ukrinform“ xabar berdi.
Moskva meri Sergey Sobyaninning malum qilişiça, bugun, 29 oktyabr kuni soat 02:15 ga qadar Moskva tomon uçib kelayotgan 74 ta dron urib tuşirilgan.
Hujumlar ortidan Vnukovo, Domodedovo va Jukovskiy aeroportlarida samolyotlarning uçişi va qönişiga çeklovlar joriy etilgan. Bir soatdan keyin Jukovskiy aeroportidagi çeklovlar bekor qilingan. Vnukovo va Domodedovo aeroportlari esa parvozlarni alohida ruxsat asosida qabul qilişda davom etgan.
Çeklovlar sababli Turkiyadan Moskvaga uçayotgan ikkita samolyot yönalişini özgartirişga majbur bölgan.
Qayd etilişiça, Moskva viloyatida dronlar hujumi xavfi keça, 28 oktyabr kuni soat 22:00 atrofida elon qilingan.
Şuningdek, “Astra“ Telegram-kanali kuzatuvçilari Moskva yaqinidagi Naro-Fominsk şahri atrofida uçta portlaş ovozi eşitilganini bildirgan. Ularning aytişiça, portlaşlar Kaluga viloyati yönalişida birin-ketin sodir bölgan, biroq dronlar ovozi eşitilmagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya armiyasi Ukrainadagi logistika markazlari, energetika infratuzilmasi va portlarga hujum qilgandi.