Turkiya nizolarni hal qiliş uçun masuliyatni öz zimmasiga olyapti – Erdöğan
Turkiya qöşni mintaqalarda va dunyoning boşqa qismlarida uruşlar, nizolar va inqirozlar yuz berayotgan murakkab davrda nafaqat barqarorlikni saqlab qolmoqda, balki kelişmovçiliklarni hal qiliş uçun masuliyatni ham öz zimmasiga olmoqda. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan bugun, 29 oktyabr kuni nişonlanadigan Respublika kuni munosabati bilan yöllagan videomurojaatida söz oçdi.
U respublika taşkil topganining 103 yilligi katta faxr va kötarinkilik bilan nişonlanayotganini aytgan.
“Qadrli xalqimizni, kiprlik turk birodarlarimizni va dunyoning turli göşalarida istiqomat qilayotgan barça fuqarolarimizni 29 oktyabr – Respublika kuni bilan tabriklayman. Xorijiy vakolatxonalarimizda bayramimiz quvonçi va hayajonini baham körayotgan muhtaram mehmonlarga samimiy minnatdorçilik bildiraman. Şunga öxşaş, manaviy va madaniy hududimizning turli göşalaridan turib, yuragi xalqimiz bilan birga urayotgan, biz bilan birga quvonib, qayğurayotgan hamda taqdirimiz va tuyğularimiz muştarak bölgan barça döstlarimiz va birodarlarimizni qizğin qutlayman”, deydi Turkiya yetakçisi.
Erdöğan respublika turk xalqining mustaqillikka bölgan irodasi, erkin yaşaş ahdi va öz kelajagini mustaqil belgilaşga bölgan intilişining eng yorqin ramzi ekanini takidlagan. Uning sözlariga köra, mamlakat tarixi şonli ğalabalar va kuraşlarga boy.
“Ğozi Mustafo Kamol rahbarligida ulkan fidoyilik körsatib olib borgan milliy ozodlik kuraşimiz, hatto eng oğir şaroitlarda ham birlik va hamjihatlik bilan jipslaşgan xalq nimalarga qodirligini butun dunyoga körsatdi. Zarur imkoniyatlar yöqligiga qaramay erişilgan uşbu buyuk ğalaba nafaqat xalq taqdirini özgartirdi, balki milliy iroda kuçi va mustaqil hayot keçiriş huquqining daxlsizligini tarixga mangu muhrladi. Xalqimiz tomonidan 103 yil avval namoyon etilgan azm-u qaror, jasorat va sobitqadamlik bugun ham biz uçun eng kuçli ilhom manbai bölib qolmoqda”, deydi u.
Erdöğanning aytişiça, sönggi 24 yil içida turli sohalarda – mudofaa sanoati va energetikadan tortib transport va diplomatiyagaça erişilgan yutuqlar kuçli va farovon Turkiya sari qöyilgan eng muhim bosqiçlar sifatida köriladi.
“Öz texnologiyalarini işlab çiqarayotgan, mudofaa sohasidagi imkoniyat va salohiyatini kengaytirayotgan, energiya taminoti xavfsizligini mustahkamlayotgan, transport infratuzilmasini davr talablariga mos ravişda modernizatsiya qilayotgan va işlab çiqariş quvvatlarini muttasil oşirib borayotgan mamlakatimiz yanada kuçli kelajak sari işonç bilan odimlamoqda”, deydi Prezident.
Erdöğan Turkiya qöşni mintaqalarda va dunyoning boşqa qismlarida uruşlar, nizolar va inqirozlar yuz berayotgan murakkab davrda nafaqat barqarorlikni saqlab qolayotgani, balki kelişmovçiliklarni hal qiliş masuliyatini ham öz zimmasiga olayotganini yana bir bor takidlagan.
Uning sözlariga köra, mamlakat bundan buyon ham “Dunyoda tinçlik, mintaqada tinçlik, mamlakatda tinçlik” tamoyiliga amal qilgan holda, tinçlik va adolat yölida qatiyat bilan harakat qilişda davom etadi.
“86 millionlik yagona xalq sifatida umumiy qadriyatlarimiz atrofida birlaşib, biz “Turkiya asri” maqsadlarini hayotga tatbiq etamiz va özimizning umumiy moviy osmonimiz deb bilgan Turkiya Respublikasini birgalikda ança yoruğ kelajakka yetaklaymiz. Minnatdorlik bilan takidlamoqçimanki, Allohga şukr, bugungi Turkiya keçagidan kuçliroqdir. Inşaalloh, ertaga u yanada kuçliroq, yanada obröliroq va barça sohalarda yanada tasirliroq böladi. Allohning marhamati bilan turk xalqi uşbu asrda öz izini qoldiradi. Alloh xalqimizning yölini oçiq va taqdirini xayrli qilsin. Fursatdan foydalanib, respublikamiz asosçisi Ğozi Mustafo Kamol Otaturkni, u bilan safdoş bölgan quroldoşlarini, milliy ozodlik kuraşi qahramonlarini va vatan yölida jon fido qilgan aziz şahidlarimizni rahmat bilan yod etaman, şuningdek, faxriylarimizga öz minnatdorligimni bildiraman. Respublikamizning 103 yillik bayrami muborak bölsin!” deydi Erdöğan.
Eslatib ötamiz, Erdöğan Turkiy davlatlar taşkilotining joriy yil 30-31 oktyabr kuni Anqarada bölib ötadigan sammiti oldidan qilgan nutqida jahon siyosati tub özgarişlarni boşidan keçirayotgan bir davrda turkiy davlatlarning hamjihatligi strategik zaruratga aylanganini aytgan edi.