Estoniya Rossiya biqinida 150 ga yaqin bunker qurmoqçi
Boltiqböyi mudofaa hududini taşkil etiş doirasida Estoniyaning Ida-Viru okrugida 150 ga yaqin bunker quriş rejalaştirilmoqda. Ulardan 100 tasi davlat yerlarida, 50 ga yaqini esa munitsipal yoki xususiy yerlarda joylaştiriladi. Bu haqda Estoniya Mudofaa vaziri Martin Herem malum qildi.
Heremning sözlariga köra, davlat Narva daryosi böylab xususiy yerlarni keng kölamda olib qöyişni rejalaştirmayapti. Biroq xususiy uçastkalarda quriliş işlarini olib borişda yer egalari bilan kelişuv talab qilinadi. Xususan, yerdan foydalanganlik uçun kompensatsiya, ijara haqi yoki olib qöyiş variantlari körib çiqilişi mumkin, ammo hozirda butun keng maydonni sotib oliş rejasi yöq.
Vazir keyingi tört yil davomida butun Estoniya böylab yoşlar uçun milliy mudofaa tadbirlarini va dronlar bilan işlaşni örgatişni moliyalaştiriş oşirilişini malum qilgan. Maktablarda boşqa fanlar doirasida milliy mudofaa mavzulari tez-tez yoritilişi maqsadga muvofiq. Herem faqat Ida-Virumaa uçun aniq qöşimça rejalarni aytmagan va bu çoralar butun mamlakatga tegişli ekanini takidlagan.
Qayd etiş joiz, joriy yilning oktyabr oyi boşida “Financial Times” Estoniya Qurolli kuçlari qurol-yaroğ sotib olayotgani, elita qöşinlarini Rossiya bilan çegaraga yaqinroq joyga doimiy joylaştiriş uçun köçirayotgani, şuningdek, Rossiya qöşinlari bilan harbiy töqnaşuv yuz bergan taqdirda mudofaa strategiyasini qayta qurayotgani haqida xabar bergan.
Rossiya esa Yevropa va NATOga hujum qilişga tayyorgarlik körayotgani haqidagi davolarni rad etadi. Sentyabr oyida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Moskvaning Yevropa mamlakatlariga qarşi harbiy harakatlar boşlaş uçun heç qanday reja, asos va sabab yöqligini aytgan. U Rossiyadan bölayotgan tahdid haqidagi bayonotlarni “provokatsiya” va “vaziyatni qasddan şişiriş” deb atagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Estoniya elita qöşinlarini Rossiya bilan çegaraga yaqinroq joylaştiriş va yuzaga kelişi mumkin bölgan harbiy mojaro holatida “faol mudofaa”ga tayyorgarlik körişga qaror qilgani haqida xabar berilgan edi.