Estoniya Rossiya biqinida bunkerlar qurişni boşladi
13-12-2025, 15:40
90 марта

Estoniya Rossiya biqinida bunkerlar qurişni boşladi
Estoniya mamlakatning janubi-şarqida Rossiya bilan çegara böylab ilk beton bunkerlarni örnatişni boşladi. Bu haqda “Defense News” xabar berdi.Estoniya Mudofaa investitsiyalari markazi vakili Krismar Rozinning tuşuntirişiça, joriy hafta holatiga köra yettita boşpana örnatişga tayyor holga keltirilgan. Yil oxirigaça rasmiylar jami 28 ta bunker joylaştirişni rejalaştirmoqda. Uşbu inşootlar Yevropa Ittifoqi va NATOning şarqiy qanotini mustahkamlaş maqsadida yaratilayotgan 600 ta boşpanadan iborat tarmoqning birinçi liniyasini taşkil etadi.
Maydoni taxminan 35 kvadrat metr bölgan boşpanalar 152 millimetrlik artilleriya snaryadlari zarbasiga bardoş bera olişi lozim. Ular Rossiyaning ehtimoliy bosqinini oldini olişga qaratilgan köp bosqiçli mudofaa tizimining bir qismi hisoblanadi. Rozinning sözlariga köra, allaqaçon tikanli simlar va “ajdaho tişlari” turidagi tösiqlar zaxirasi şakllantirilgan bölib, zarurat tuğilganda örnatiş uçun oldindan tayyorlangan maydonlarda saqlanmoqda.
Rozinning aytişiça, bunkerlar qurilişining yakuniy muddati hozirça aniq emas. Inşootlar Setomaa munitsipalitetida va Estoniyaning janubi-şarqiy hududlarida joylaştiriladi. Ulardan 27 tasi davlat yoki munitsipal yerda, bittasi esa xususiy hududda quriladi.
“Hozirda bunkerlar joylaştiriş jarayonida, biroq hali töliq tayyor emas”, deyiladi Markazning elektron xatida.