Aliyev Turkiyada böladigan TDT sammitiga bormaydi
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev “iş jadvalining tiğizligi sababli” joriy yilning 29–30 oktyabr kunlari Turkiyada bölib ötadigan Turkiy davlatlar taşkiloti (TDT) sammitida iştirok etmaydi. Bu haqda öz manbalariga tayanib, “Report” xabar berdi.
Naşr malumotlariga köra, ertaga, 30 oktyabr kuni Aliyev Bakuda ilk bor ötkazilayotgan FIFA U-15 Jahon çempionati va festivali finalçilarini taqdirlaş marosimida qatnaşadi.
“30 oktyabr kuni turnirning final öyini va rasmiy yopiliş marosimi bölib ötadi. Davlat rahbarining taqdirlaş marosimida iştirok etişi avvaldan rejalaştirilgan edi”, deb qayd etgan manba.
Prezident topşiriğiga köra, TDT sammitida Ozarbayjon nomidan Taşqi işlar vaziri Jayhun Bayramov iştirok etadi. Ozarbayjon vakillari sammit doirasidagi boşqa tadbirlarda ham faol qatnaşadi.
Qayd etiş joiz, sönggi vaqtlarda Baku va Anqara örtasidagi munosabatlarda muayyan sovuqlik kuzatilmoqda. Ozarbayjon Vazirlar Mahkamasi sentyabr oyida davlat maktablari öquvçilarining taşqi körinişini tartibga soluvçi qoidalarga özgartirişlar kiritdi. Yangi qoidalar öquvçilarga yagona forma standartini buzadigan yoki talimning dunyoviy xususiyatiga mos kelmaydigan kiyim elementlarini kiyişni taqiqlaydi.
Uşbu qarorga javoban Turkiya hukmron partiyasining bir qator vakillari Baku şaniga keskin bayonotlar bilan çiqdi va uşbu qarorni qayta körib çiqişga çaqirdi.
Öz navbatida, Ozarbayjonning hukmron “Yangi Ozarbayjon” partiyasi (YAP) Turkiyaning hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi (AKP) vakillarini Baku va Anqara munosabatlariga zarar yetkazişi mumkin bölgan bayonot va harakatlardan tiyilişga çaqirdi. Baku Turkiya hukmron doiralarining harakatlarini Ozarbayjonning içki işlariga aralaşuv sifatida baholamoqda.
Bundan taşqari, Ozarbayjon Boş prokuraturasi hokimiyatni zöravonlik bilan egallaşga va diniy adovatni qözğatişga davat qilgani uçun Turkiyaning sakkiz nafar fuqarosini xalqaro qidiruvga berdi.
Ozarbayjon TIV öz navbatida Turkiyaning 31 nafar fuqarosini “nomaqbul şaxslar” röyxatiga kiritdi va ularning mamlakat hududiga kirişini taqiqladi. Uşbu şaxslarning ijtimoiy tarmoqlar va internet-platformalarda Ozarbayjon suvereniteti, milliy xavfsizligi, konstitutsiyaviy tuzumi, xalqi va rahbariyatiga qarşi qaratilgan bayonotlari bunga asos böldi. Bundan taşqari, ularning çiqişlarida hokimiyatni zöravonlik bilan özgartirişga va radikalizm zaminida diniy adovatni qözğatişga davatlar mavjud bölgan. “Nomaqbul şaxslar” röyxatiga jurnalistlar, blogerlar, turli telekanallar boşlovçilari, siyosatşunoslar, siyosatçilar va iqtisodçilar kiritilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qilib, uni Anqarada bölib ötadigan Turkiy davlatlar taşkilotining 13-sammitiga taklif qilgani haqida xabar berilgan edi.