Ozarbayjon prezidenti Putin taşkillaştirgan sammitga bormadi
22-12-2025, 17:40
101 марта

Ozarbayjon prezidenti Putin taşkillaştirgan sammitga bormadi
Administratsiyaga köra, Ilhom Aliyev 21 dekabr kuni bölib ötgan Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengaşi yiğilişida ham qatnaşmagan. Çunki Ozarbayjon Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi azosi hisoblanmaydi. Şuningdek, Aliyev “iş jadvali juda tiğiz bölgani” sababli MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy sammitida iştirok etmaydi.
Ozarbayjon MDHga azo davlat sifatida rasmiy sammitlarda muntazam qatnaşib kelardi. Kreml Aliyevning sammitda iştirok etmasligini “tuşuniş bilan” qabul qildi.
“Biz mutlaqo tuşunamiz, haqiqatan ham, davlat rahbarlarining jadvali juda tiğiz, ayniqsa, dekabr oyida, Yangi yil arafasida”, dedi Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov.Moskva va Boku munosabatlari 2024 yil dekabr oyida Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining samolyoti Oqtovda halokatga uçrab, 38 kişi halok bölganidan keyin keskinlaşdi. 2025-yilning yozida Yekaterinburgda bir neçta Ozarbayjon fuqarosi qölga olindi, ulardan ikki nafari vafot etdi.