Ilhom Aliyev Toşkentga keldi
15-11-2025, 15:36
285 марта
Ilhom Aliyev Toşkentga keldiBugun, 15 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinçi Maslahat uçraşuvida faxriy mehmon sifatida iştirok etiş uçun Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev amaliy taşrif bilan Toşkentga keldi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.
Qayd etilişiça, “Toşkent–Humo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov va boşqa rasmiylar kutib olgan.
Malumot uçun, joriy yilning 15-16 noyabr kunlari Toşkent şahrida Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinçi Maslahat uçraşuvi bölib ötadi.
Sammit kun tartibidan Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlaş, şuningdek, ustuvor yönalişlarda qöşma loyihalar va taşabbuslarni amalga oşiriş masalalari örin olgan. Mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almaşiladi.