Bosniyada bortida 15 kişi bölgan vertolyot quladi. Qurbonlar bor
Bosniya va Gertsegovinada Yevropa Ittifoqining tinçlikparvar missiyasi tarkibida xizmat qilayotgan Italiya harbiy vertolyoti halokatga uçradi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Malum qilinişiça, hodisa keça, 29 oktyabr kuni Brçko okrugidagi Goritse qişloği yaqinida sodir bölgan. Vertolyot bortida jami 15 kişi bölgan.
Halokat oqibatida 4 kişi halok bölgan, yana 11 nafari jarohatlangan. Qurbonlarning ikki nafari Italiya armiyasi harbiy xizmatçilari, qolgan ikki nafari esa Italiya Qizil Xoç taşkilotining köngilli harbiy korpusi azolari bölgan. Jarohatlanganlarning barçasi şifoxonaga yetkazilgan.
Mahalliy OAV tarqatgan tasvirlarda harbiy transport vertolyoti yerga ağdarilib tuşgani va uning qismlari parçalanib ketgani aks etgan. Italiya Mudofaa vazirligi halokat sabablarini aniqlaş böyiça tergov boşlanganini malum qilgan.
Qayd etilişiça, vertolyot Yevropa Ittifoqining EUFOR Althea missiyasi doirasida faoliyat yuritgan. Mazkur missiya Bosniya va Gertsegovinada Deyton tinçlik kelişuvining bajarilişini nazorat qiladi.
Italiya Mudofaa vaziri Gvido Krozetto halok bölganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan. Boş vazir Jorja Meloni ham qurbonlarning oilalari va missiya iştirokçilariga taziya izhor qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning Oregon ştatida ikki vertolyot havoda töqnaşib ketişi oqibatida 3 kişi halok bölgani haqida xabar berilgan edi.