USD: 12,066 söm ▲ EUR: 13,444 söm ▲ RUB: 150 söm ▲ GBP: 16,076 söm ▲ CNY: 1,811 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 242 söm ▲ AED: 3,285 söm ▲ USD: 12,066 söm ▲ EUR: 13,444 söm ▲ RUB: 150 söm ▲ GBP: 16,076 söm ▲ CNY: 1,811 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 242 söm ▲ AED: 3,285 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Turkiy dunyo oilasida tarqoqlik va kelişmovçiliklarga örin yöq – Erdöğan

9 марта
Туркий дунё оиласида тарқоқлик ва келишмовчиликларга ўрин йўқ – Эрдўған

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan turkiy dunyoda tarqoqlik, begonalaşuv va kelişmovçiliklarga örin yöqligini aytib, xalqlar örtasidagi birlik va qardoşlik riştalarini alohida qayd etdi. Bu haqda Turkiya yetakçisi bugun, 30 oktyabr kuni Anqarada bölib ötgan Turkiy davlatlar taşkilotining (TDT) 13-sammiti doirasidagi Davlat rahbarlari kengaşi majlisida gapirdi.

“Keça va bugun olingan oilaviy surat umumiy ötmişimizga bölgan sadoqatimiz, şuningdek, umumiy kelajagimizni birgalikda barpo etiş borasidagi qatiyatimiz ramziga aylandi”, deydi Turkiya Prezidenti.

Erdöğan öz nutqida Turkiya TDTga raislik qiliş davrida taşkilot tomonidan töplangan institutsional salohiyatni yanada aniq yutuqlarga aylantiriş niyatida ekanini bildirgan. 

“Turkiy dunyoning oilaviy davrasida tarqoqlik, begonalaşuv va kelişmovçiliklarga örin yöq. Barçamiz birmiz, birgamiz va, Inşoolloh, azaldan abadgaça qardoş bölib qolamiz”, deydi Erdöğan.

U TDT Şimoliy Kipr Turk Respublikasi bilan aloqalarni kengaytirişiga işonç bildirgan.

“Tinçlik va barqarorlik hukm suradigan Janubiy Kavkaz ham mintaqa mamlakatlari, ham butun turkiy dunyo uçun salmoqli imkoniyatlarni oçadi”, deydi Turkiya rahbari.

Bundan taşqari, Turkiya yetakçisi Turkmanistonning tez orada TDTga azo bölib kirişiga umid bildirgan. 

“Birodarim Serdarning [Berdimuhamedov – tahr.] dinamik rahbarligi ostida Turkmaniston eng qisqa fursatlarda oilaviy kengaşimizning tölaqonli azosiga aylanadi, deb umid qilamiz”, deydi Prezident.

Erdöğan Fors körfazi mintaqasidagi vaziyatga töxtalar ekan, kelişmovçiliklar diplomatiya yöli bilan hal etilişi kerakligini takidlagan. 

“Sönggi vaqtlarda Eron bilan munosabatlarda qayta keskinlaşgan taranglik qurol yordamida emas, balki diplomatik yöl bilan hal etilişiga umid qilamiz”, deydi u. 

Şuningdek, Erdöğan turkiy davlatlar “qonayotgan jarohat” bölib qolayotgan Falastin masalasini adolatli hal etiş uçun köproq say-harakat qilişlari kerakligini bildirgan. 

“Biz Ğazoga insonparvarlik yordamini yetkazib berişni taminlaş va qayta tiklaş işlarini imkon qadar tezroq boşlaşga zarur hissamizni qöşişimiz kerak”, deya qayd etgan Turkiya yetakçisi.

Erdöğan Turkiy davlatlarning ikki tomonlama munosabatlariga töxtalar ekan, TDTga azo har bir mamlakatning milliy manfaatlarini hisobga olgan holda, özaro manfaatdorlik tamoyili asosida umumiy manfaatlarni mustahkamlaşga intiliş zarurligini aytgan. 

“Ötmişimiz ham, kelajagimiz ham, qiyinçiliklarimiz ham, muvaffaqiyatlarimiz ham muştarakdir”, deydi u.

Erdöğanning aytişiça, TDT mamlakatlarining kuç-qudrati turkiy dunyoni şarqdan ğarbgaça çözilgan qudratli savdo, transport va energetika markaziga aylantirişga qodir.

“Şarq – Ğarb Transkaspiy xalqaro transport yönalişi (Örta koridor) kelajak savdosi yönalişini belgilab beradigan strategik yönalişdir”, deya qöşimça qilgan Turkiya yetakçisi.

Qayd etiş joiz, sönggi vaqtlarda Baku va Anqara örtasidagi munosabatlarda muayyan sovuqlik kuzatilmoqda. Ozarbayjon Vazirlar Mahkamasi sentyabr oyida davlat maktablari öquvçilarining taşqi körinişini tartibga soluvçi qoidalarga özgartirişlar kiritdi. Yangi qoidalar öquvçilarga yagona forma standartini buzadigan yoki talimning dunyoviy xususiyatiga mos kelmaydigan kiyim elementlarini kiyişni taqiqlaydi.

Uşbu qarorga javoban Turkiya hukmron partiyasining bir qator vakillari Baku şaniga keskin bayonotlar bilan çiqdi va uşbu qarorni qayta körib çiqişga çaqirdi.

Öz navbatida, Ozarbayjonning hukmron “Yangi Ozarbayjon” partiyasi (YAP) Turkiyaning hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi (AKP) vakillarini Baku va Anqara munosabatlariga zarar yetkazişi mumkin bölgan bayonot va harakatlardan tiyilişga çaqirdi. Baku Turkiya hukmron doiralarining harakatlarini Ozarbayjonning içki işlariga aralaşuv sifatida baholamoqda.

Bundan taşqari, Ozarbayjon Boş prokuraturasi hokimiyatni zöravonlik bilan egallaşga va diniy adovatni qözğatişga davat qilgani uçun Turkiyaning sakkiz nafar fuqarosini xalqaro qidiruvga berdi.

Ozarbayjon TIV öz navbatida Turkiyaning 31 nafar fuqarosini “nomaqbul şaxslar” röyxatiga kiritdi va ularning mamlakat hududiga kirişini taqiqladi. Uşbu şaxslarning ijtimoiy tarmoqlar va internet-platformalarda Ozarbayjon suvereniteti, milliy xavfsizligi, konstitutsiyaviy tuzumi, xalqi va rahbariyatiga qarşi qaratilgan bayonotlari bunga asos böldi. Bundan taşqari, ularning çiqişlarida hokimiyatni zöravonlik bilan özgartirişga va radikalizm zaminida diniy adovatni qözğatişga davatlar mavjud bölgan. “Nomaqbul şaxslar” röyxatiga jurnalistlar, blogerlar, turli telekanallar boşlovçilari, siyosatşunoslar, siyosatçilar va iqtisodçilar kiritilgan.

Munosabatlardagi uşbu sovuqlaşuv fonida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev “iş jadvalining tiğizligi sababli” Turkiyada bölib ötgan Turkiy davlatlar taşkiloti sammitida iştirok etmadi. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: