Erdöğan Markaziy Osiyoga kelmoqçi
25-03-2026, 12:11
299 марта

Erdöğan Markaziy Osiyoga kelmoqçi
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan joriy yilning 14 may kuni Qozoğistonga rasmiy taşrif bilan keladi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.Qayd etilişiça, keça, 24 mart kuni Erdöğan Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev bilan telefon orqali muloqot qilgan. Suhbat boşida Töqayev va Turkiya yetakçisi Ramazon hayiti hamda Navröz bayrami munosabati bilan bir-birini qutlagan.
Şuningdek, Erdöğan Töqayevni Qozoğistonda umumxalq referendumi muvaffaqiyatli ötkazilgani va yangi Konstitutsiya qabul qilingani bilan tabriklagan. U buni mamlakat rahbarining oqilona va qatiy siyosati natijasi sifatida baholagan. Qolaversa, Qozoğistonning rivojlanişiga hamda içki va xalqaro salohiyatini mustahkamlaşga kuçli turtki berişiga işonç bildirgan.
Töqayev esa turk kuzatuvçilariga referendum jarayonidagi faol iştiroki va yordami uçun minnatdorlik bildirgan.
Erdöğan 14 may kuni rejalaştirilgan Qozoğistonga davlat taşrifi, şuningdek, Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengaşi yiğilişi va Turkiy davlatlar taşkilotining norasmiy sammitiga alohida ahamiyat qaratişini bildirgan.
Töqayev uşbu uçraşuvlar ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada rivojlantirişda muhim ahamiyatga ega ekanini takidlab, Turkiston şahrida ötkaziladigan turkiy davlatlar rahbarlari sammitiga katta umid boğlayotganini bildirgan.
Şuningdek, u Turkiya prezidentining Qozoğistonga taşrifi qozoğistonliklar tomonidan iliq kutib olinişini qayd etgan.
Erdöğan Töqayevni aprel oyida Antaliyada ötadigan diplomatik forumda iştirok etişga taklif qilgan. Mazkur taklif minnatdorlik bilan qabul qilindi.