Erdöğan sammitda adaşib, Qozoğiston uçun ajratilgan joyga imzo qöyib yubordi
Anqarada bölib ötgan Turkiy davlatlar taşkilotining 13-sammiti yakunida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan hujjatlarni imzolaş vaqtida adaşib ketdi. U Turkiya uçun ajratilgan joy örniga Qozoğiston nomidan imzo qöyilişi kerak bölgan hujjatga imzo çekdi. Bu haqda “Cumhuriyet” xabar berdi.
Malum qilinişiça, sammit Davlat rahbarlari kengaşi yiğilişi bilan yakunlangan. Yiğilişdan söng iştirokçi davlatlar rahbarlari qabul qilingan qarorlarni tasdiqlaş uçun hujjatlarni imzolagan. Şu jarayonda Erdöğanga ham tegişli hujjat taqdim etilgan.
Prezident hujjatga imzo çekkanidan keyin yonidagi masul xodimdan:
“Notöğri joyga imzo qöymadikmi?” deb söragan.
Xodim esa:
“Janob, bu Qozoğistonniki edi. Turkiya uçun ajratilgan joyga imzo qöyişingiz kerak edi”, deb javob bergan.
Bunga javoban Erdöğan: “Xudo xayringni bersin”, degan. Xodim esa hujjatni darhol almaştirişini bildirgan. Şundan keyin mikrofonlar ovozi öçirilgan va xodim imzo qöyiş uçun yangi hujjat olib kelişga ketgan.
Biroz vaqt ötib, u yangi hujjat bilan qaytib, Erdöğanga imzo qöyiladigan joyni körsatgan. Prezident “Qayerga?” deb söraganida, xodim: “Şu yerga, janob, mana şu maydonga”, deb javob bergan. Şundan söng, Erdöğan hujjatning tegişli joyiga imzo çekkan.
Voqea sammitdagi imzolaş marosimi vaqtida videoga tuşib qolgan.