USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ispaniyadagi poyezdlar halokati sababi malum böldi

47 марта
Испаниядаги поездлар ҳалокати сабаби маълум бўлди

Joriy yilning 28 oktyabr kuni Ispaniyada ikki tezyurar poyezd töqnaşib ketgan edi. Oqibatda 69 kişi halok böldi, 200 dan ortiq odam jarohatlandi. Dastlabki malumotlarga köra, fojiaga poyezdlar harakatini nazorat qiluvçi xavfsizlik tizimidagi nosozlik sabab bölgan bölişi mumkin. Bu haqda “Bild” naşri xabar berdi. 

Malum qilinişiça, voqea Madriddan 130 kilometr janubdagi Urda hududi yaqinida sodir bölgan. Dastlabki malumotlarga köra, 160–200 km/soat tezlikda harakatlangan Renfe poyezdi töxtab turgan Iryo poyezdiga borib urilgan.

Fojiaga Germaniyada ham qöllaniladigan LZB avtomatik xavfsizlik tizimidagi nosozlik sabab bölgan bölişi mumkin. “El Mundo” naşrining yozişiça, hodisa sodir bölgan kuni ertalab mazkur tizim Ispaniyadagi taxminan 63 kilometrlik yöl uçastkasida işlamagan. Şu sababli poyezdlar harakatini nazorat qiliş vazifasi Madriddagi dispetçerlik markaziga ötkazilgan.

Naşr malumotiga köra, soat 08:36 da dispetçer Renfe poyezdi maşinistiga tizimni qayta işga tuşiriş va muqobil xavfsizlik mexanizmi orqali harakatni davom ettirişni buyurgan. Biroq nosozlik davom etayotgani sababli Iryo poyezdi joyida qolgan. Soat 08:53 da esa Renfe poyezdi töxtab turgan Iryo poyezdi bilan töqnaşgan.

Hozirda tergovçilar fojiaga texnik nosozlik, dispetçerning xatosi yoki har ikki omilning birgalikdagi tasiri sabab bölganini aniqlaşi zarur.

Eslatib ötamiz, avvalroq Prezident Şavkat Mirziyoyev poyezdlar töqnaşuvi oqibatida köplab insonlar halok bölgani va jarohat olgani munosabati bilan Ispaniya qiroli Felipe VI nomiga hamdardlik yöllagani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: