Germaniyada barça poyezdlar harakati töxtatildi
Germaniyaning temir yöl operatori “Deutsçe Bahn” 24 iyun kuni keçqurun mamlakat böylab poyezdlar harakati töxtatilganini malum qildi. Bunga raqamli temir yöl radioaloqa tizimi GSM-R da yuz bergan nosozlik sabab bölgan.
“Deutsçe Bahn” mahalliy vaqt bilan soat 22:00 atrofida poyezdlar harakatini töxtatgan. Poyezdlar stantsiyalarda uşlab turilgan yoki eng yaqin bekatgaça yuborilgan. Oqibatda poyezd brigadalari dispetçerlar bilan ştatdagi radioaloqa örniga mobil telefonlar orqali boğlanişga majbur bölgan.
Töxtatiş faqat şaharlararo va mintaqaviy poyezdlarga emas, balki “Deutsçe Bahn” tasarrufidagi şahar içi transport tizimlariga ham tasir qilgan. Jumladan, Berlin va Myunxendagi S-Bahn elektriçkalari harakati ham izdan çiqqan.
GSM-R (Global System for Mobile Communications Railway) – temir yöl sohasi uçun maxsus ajratilgan mobil aloqa tarmoği bölib, maşinist va dispetçer örtasidagi muloqotni taminlaydi. U Germaniyada 1992 yildan beri qöllanib keladi va avvalgi sakkizta mos kelmaydigan analog aloqa tizimining örnini bosgan.
Xavfsizlik talablariga köra, aloqa bölmagan holda temir yöl harakati taqiqlanadi. Çunki maşinistlar va dispetçerlar istalgan vaqtda boğlaniş imkoniyatiga ega bölişi şart va oddiy telefon qönğiroqlari radioaloqaning örnini bosa olmaydi.
Ayrim malumotlarga köra, zaxira tizimi ham işdan çiqqan. Asosiy va zaxira konturlarining bir vaqtda nosozlikka uçraşi muammo tarmoqning markaziy infratuzilmasi, elektr taminoti, aloqa liniyasi yoki dasturiy taminot bilan boğliq bölişi mumkinligini körsatmoqda. “Deutsçe Bahn” hozirça nosozlikning rasmiy sababini oçiqlamagan.
Kompaniya boş direktori Evelin Pallaning “Bild” naşriga malum qilişiça, xodimlar avval poyezdlarni eng yaqin stantsiyalarga yetkaziş va yölovçilarni tuşirişga harakat qilgan. Yölovçilarga esa şu kun uçun safarlardan voz keçiş yoki muqobil transport turlaridan foydalaniş tavsiya etilgan.
Poyezdlar harakati töxtatilganidan ikki yarim soat ötib, Berlindagi S-Bahn rasmiy sahifasi muammo bartaraf etilgani va elektriçkalar harakati tiklanganini malum qildi. Köp ötmay “Deutsçe Bahn” ham nosozlik bartaraf etilganini tasdiqladi.
Eslatib ötamiz, 20 iyun kuni Germaniyaning Myunxen şahrida ikki yuk poyezdi töqnaşib ketişi oqibatida bir kişi halok bölgandi.