USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

​​​​Poyezdlar keçikkan taqdirda yölovçilarga pullik kompensatsiyalar tölanadi

234 марта
​​​​Poyezdlar keçikkan taqdirda yölovçilarga pullik kompensatsiyalar tölanadi

Mazkur talab içki yönalişlarda harakatlanuvçi ham tezyurar, ham oddiy poyezdlarga taalluqli böladi. Yölovçilarni taşiş qoidalariga tegişli özgartişlar Transport vazirligi tomonidan işlab çiqilmoqda.

Sönggi vaqtlarda Raqobatni rivojlantiriş va istemolçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasiga poyezdlar keçikişi, belgilangan jadvaldan oğiş, keç jönab ketiş yoki manzilga keç yetib boriş bilan boğliq murojaatlar kelib tuşmoqda. Qömita matbuot xizmati malumotiga köra, ötgan yil davomida bu masala böyiça 51 ta murojaat qabul qilingan.

Normativ-huquqiy bazani örganiş davomida qömita amaldagi hujjatlarda poyezdlar taşuvçi aybi bilan keçikkan hollarda yölovçilarga kompensatsiya tölaş tartibi mavjud emasligini aniqlagan.
Şu munosabat bilan qömita Özbekiston Respublikasi Transport vazirligiga amaldagi qoidalarga özgartiş va qöşimçalar kiritiş, jumladan poyezdlar keçikkan taqdirda yölovçilarga pullik kompensatsiya joriy etiş böyiça taklif kiritgan.
Vazirlik malumotiga köra, hozirda «Temir yöl transportida yölovçilar, bagaj va yuk-bagaj taşiş qoidalari»ning yangi tahriri işlab çiqilmoqda. Unda içki yönalişlardagi (oddiy va tezyurar poyezdlar) yölovçilar uçun quyidagi miqdorda kompensatsiyalar nazarda tutilgan:
15–30 daqiqa keçiksa — yöl haqining (bilet va platskart) 15 foizi;
31–60 daqiqa — 25 foiz;
61–120 daqiqa — 50 foiz;
121 daqiqadan ortiq — 100 foiz.
Qayd etilişiça, avval bunday tartib faqat Afrosiyob poyezdlari uçun amal qilgan. Endi esa uni boşqa içki yönalişlardagi (oddiy va tezyurar) poyezdlarga ham joriy etiş rejalaştirilmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: