USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda tezyurar poyezdlar işlab çiqariladi

251 марта
Özbekistonda tezyurar poyezdlar işlab çiqariladi

Özbekistonda tezyurar poyezdlar işlab çiqariş yölga qöyiladi. Bu haqda “Özbekiston temir yöllari” AJ raisining birinçi örinbosari Hikmatulla Rahmatov malum qildi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

2025 yil 27 noyabr kuni Toşkent şahrida Transkaspiy yölagi va özaro boğliqlik böyiça forum bölib ötdi. Tadbir doirasida Hikmatulla Rahmatov jurnalistlarga intervyu berib, temiryöl sohasidagi yangi rejalar haqida gapirdi.


“Çet ellik hamkorlar bilan Özbekistonda tezyurar poyezdlar işlab çiqariş böyiça muzokara olib borilyapti. Jarayon yakuniga yetib qoldi, yaqin kunlarda qarori beriladi. Biz tezyurar poyezdlarni dunyoning eng yetakçi davlatlaridan birining kompaniyasi bilan hamkorlikda, Özbekistondagi temiryöl zavodimizda işlab çiqarişni reja qilganmiz. Işlab çiqariş jarayonini 2027-yilda boşlaşni rejalaştirganmiz”, dedi jamiyat masuli.
Hikmatulla Rahmatovning aytişiça, Özbekistonda işlab çiqariladigan tezyurar poyezdlar narxi import qilinayotganlaridan arzonga tuşadi.

“Temiryöl mutaxassislarimiz dunyoning eng kuçli mutaxassislari desam, adaşmayman. Şunday ekan, nega poyezd işlab çiqarmasligimiz kerak? Jarayon yölga qöyilsa, mahalliy mutaxassislar örganişadi, katta ilm olişadi va innovatsiyaga intilişadi. Ertaga biz bu poyezdlarni nafaqat özimizning hududda işlatamiz, balki butun Markaziy Osiyo, Kavkaz va MDH davlatlariga sotamiz. Çunki xalqaro standartlarga töliq javob beradigan bunaqa poyezdlar MDH davlatlari orasida faqatgina Rossiyada işlab çiqarilyapti. U ham bölsa, aynan biz işlab çiqarmoqçi bölgan darajada emas. Biz şu poyezdlarni işlab çiqarsak, narxlar çet eldan sotib olganga nisbatan kamida 10-15 foizga arzon böladi. 

Qolaversa, işlab çiqarilganda uning soliqlari Özbekistonda tölanadi. Eksport qilinganda mamlakatga valyuta keladi va bir neça ming kişi işli bölib qoladi”, dedi rais örinbosari.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: