Özbekistonda Volkswagen avtomobillarini işlab çiqariş qaçondan boşlanadi?

Volkswagen va «Özavtosanoat» tarkibidagi Alyans Auto kompaniyasi avtomobil işlab çiqariş va sotiş sohasida hamkorlik töğrisida bitim imzolagani xabar qilingandi.
«Özavtosanoat» matbuot xizmatining Kun.uz’ga qöşimça qilişiça, işlab çiqariş 2026 yilning boşida qayta tiklanişi rejalaştirilgan.
«Loyiha bosqiçma-bosqiç amalga oşirilmoqda. Birinçi bosqiçda SKD yiğiş, ikkinçi bosqiçda esa çuqur lokalizatsiyali CKDʼga ötiş közda tutiladi. Uşbu jarayon texnik va iqtisodiy tayyorgarlikni, şuningdek, Özbekistonda işlab çiqariş uçun eng mos modellarni tanlaşni öz içiga oladi», deyiladi «Özavtosanoat» izohida.
Aynan Volkswagen’ning qaysi modellarini sotuvga çiqariş rejalaştirilgani haqidagi savolga hozirça aniqlik kiritilmadi. «Özavtosanoat» axborot xizmatiga köra bu böyiça keyinroq batafsil malumot beriladi